Klopp “Siti”ga qo‘yilgan ta’qiq borasida:“qonuni xurmat qilishimizkerak”
Kecha tunda “Liverpul” va “Norvich” o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, “qizillar” ustozi Yurgen Klopp UEFA tomonidan “Manchester Siti”ga qo‘yildan 2 yillik ta’qiq haqida berilgan savol javob berib o‘tdi.
- Yurgen “Manchester Siti”ning ikki yilga yevrokuboglardan chetlatilishi haqida qanday fikrdasiz?
- Bu ma’lumotdan xabar topgach, shok xolatiga tushib qoldim. Kimdir bu yangilikni menga jo‘natgan ekan. Men faqat sarlavhani o‘qub tushundim xolos. To‘g‘risi, muoliyaviy masalalar borasida aytarli hech narsaga tushunmaganim uchun faqat o‘zimgakerakli ma’lumotlarnigina o‘qidim. Bu borada murabbiy sifatda faqat bir gapni aytishimim mumkin. Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” shunchaki fantastik futbol namoyish etayotgan edi. Bo‘lgan ish bo‘ldi. Men doimmo “shaxarliklar”ning o‘yinidan lazzat olganman. Bu ta’qiqdan so‘ng hech narsa tugab qolmaydi. Men ularmurakkab vaziyatdaekanligni aytishim mumkin.
Ancha oldin shu masala ko‘tarilganida, “Manchester Siti” barchasi joyida ekanligini ma’lum qilgan edi. Endi esa, UEFA bu vaziyatni umuman boshqa ko‘z bilan ko‘rayotganini ma’lum qilmoqda. Men voqeyalar rivoji qanday bo‘lishini bilmayman, biroq “shaxarliklar” muammoni hal etishlari kerak deb hisoblayman. Bu savolga to‘liq javob berishni istayman, biroq “Manchester Siti”ga qo‘yilgan ta’qiqning sababidan to‘liq xabardor emasman.
Men shunchaki, bir nechta xabarlarni o‘qidim xolos. Attishlaricha, “Man-Siti” UEFAning qaroridan norozi va sud jarayonlari boshlanish arafasida turibdi. Bu sud jarayoni cho‘zilgani sari, biz ko‘proq ma’lumot olishni boshlaymiz. Hozir bu mavzuda kam ma’lumotga ega bo‘lganim uchun erkin so‘zlay olmayapman.
Shuni aytishim mumkin-ki, men Pep va uning futbolchilari uchun afsusdaman. Ular shunchaki ajoyib yigitlar! Ularning aybi yo‘q. Ular shunchaki futbol o‘ynashgan xolos. Pep qayerda ishlamasin, doimmo ijobiy natijalar qayd etadigan murabbiy. U nafqat o‘z jamoasini, balki butun futbolni yaxshilashga intiladigan inson. Shunga qramay, barchamiz qonuni xurmat qilishimi kerak. Ular qonuni buzishgan bo‘lsa, UEFA ularni jazolashi aniq.
- Yurgen kelasi mavsumda Pepning YECHLda ishtirok etmasligi, sizning jamoaga qo‘shimcha qiyinchiliklar olib keladimi? Ular endi bor e’tborini ichki maydondagi o‘yinlarga qaratishada-ku?!
- To‘g‘risi, juda qiziqarli fikr. Hech o‘ylab ko‘rmagan ekanman. O‘zi kelasi mavsum haqida ham o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Ko‘ramiz, ta’qiq “Manchester Siti”ga qanday ta’sir etar ekan. Yashashda davom etsak, nima bo‘lishini barchamiz bilib olamiz.