Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

«Navbahor»: Turkiyadagi so‘nggi bahsda durang

«Navbahor»: Turkiyadagi so‘nggi bahsda durang

Baho:
+ | -

O‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi mazkur yig‘in doirasidagi so‘nggi - sakkizinchi nazorat-sinov bahsini bugun Norvegiyaning “Eydsvold” (Tern) jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Belek shahridagi “Suena” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda durang – 1:1 hisobi qayd etildi.

Mazkur o‘yinning 15-daqiqasida norvegiyaliklar  jamoamiz darvozasiga to‘p kiritib, 1:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas, namanganliklar 11 metrli jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Penaltini esa Amirbek Jo‘raboyev aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi – 1:1.

Natijada tanaffusga har ikki jamoa a’zolari 1:1 hisobidagi durang natija bilan chiqib ketishdi.

Bahsning ikkinchi bo‘limida garchi har ikki jamoada bir qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, futbolchilar undan samarali tarzda foydalana olishmadi. Natijada 1:1 hisobi o‘zgarishsiz qoldi.

Mazkur bahsda "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi:

Dilshod Hamroyev, Mirkomil Lokayev, Obid Jo‘raboyev, G‘iyosjon Komilov, Shahzodbek Hamidov, Amirbek Jo‘raboyev, Sardor Telyakov, Abdulhay Ismoilov, Husayn Ergashboyev, Zabihillo O‘rinboyev, Anvar Hojimirzayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Abdullaxonov, Komil Tojiddinov, Xurshid Muxtorov.   


Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi yig‘in davomida namanganliklar 8ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi.

Mazkur nazorat - sinov bahslarida “lochinlar” Turkmanistonning “Axal” klubini 1:0, Serbiyaning “Rad” jamoasini 2:1, Armanistonning “Uest” klubini 2:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, Ukrainaning “Kolos” jamoasi bilan 0:0, Qozog‘istonning “Jetisu”, Gruziyaning “Samtredia” va  Norvegiyaning “Eydsvold” klublari bilan bo‘lgan o‘yinlarda 1:1 hisoblaridagi durangga imzo chekishdi.

Jamoamiz bo‘lib o‘tgan 8ta bahsning faqatgina bittasida - Gruziyaning “Dinamo” (Batumi) klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘z navbatida batumiliklar bilan bo‘lgan bahsda “Navbahor”ning bir qator yetakchi futbolchilariga dam berilgani, gruziyaliklar g‘alaba to‘pini penaltidan kiritganliklarini ham qayd etish joiz.

Shu tariqa, Andrey Kanchelskis shogirdlari Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini bugun yakunlashdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:22, 21.02.2020.
O'qildi: 2416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.