Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

A seriya. «Milan» bir kishi ko‘p o‘ynab, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

A seriya. «Milan» bir kishi ko‘p o‘ynab, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 25-turi doirasida «Milan» safarda «Fiorentina» mehmoni bo‘lib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Birinchi bo‘limda Zlatan Ibrahimovich raqib futbolchilarini aldab, darvozani ishg‘ol qilgan edi. Ammo hakam videotakrorni tomosha qilgach, golni bekor qildi. Boisi, shvesiyalik futbolchi to‘pni o‘ziga bo‘ysundirish chog‘ida to‘p uning qo‘liga tekkan edi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida milanliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Jarima maydoni tomon yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi, ammo qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib Rebich yetib keldi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p yo‘l-yo‘lakay mudofaa vakiliga tegdi va rekoshet holatda to‘rga borib tushdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan "Fiorentina" futbolchisi Dalbert Enrike maydondan chetlatildi. "Rossoneri" esa bir kishi ko‘p  bo‘lib o‘ynab g‘alabani qo‘ldan chiqardi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida hakam bahsli vaziyatda "Milan" darvozasi tomon penalti belgiladi. Pulgar tomonidan yo‘llangan zarbaga Begovichning qo‘liga tegdi, ammo to‘p baribir to‘rga borib tushdi.

Ushbu durang tufayli Pioli jamoasi "Napoli"ni 6-o‘ringa o‘tkazib yubordi.

Italiya A seriyasi, 25-tur
Fiorentina – Milan 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 56 Rebich, 1:1 – 85, penalti Pulgar.
Fiorentina – Drongovski, Lirola (Igor Julio, 73), Kaseres, Milenkovich, Dalbert, Pulgar, Dankan, Kyeza, Kastrovilli (Kutrone, 68), Pesselya, Vlaxovich.
Milan – Donnarumma (Begovich, 52), Konti, Romanyoli, Teo, Gabbiya (Musakkyo, 74), Kastilyexo (Salemakers, 80), Kessie, Chalxanoglu, Bennaser, Ibragimovich, Rebich.
Ogohlantirishlar: Bennaser (12), Chalxanoglu (24), Kaseres (76), Teo (85).
Chetlatish: Dalbert (62).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:50, 23.02.2020.
O'qildi: 3210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.