Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Serxio Ramos: "Hakam meni g‘azablantirdi"

Serxio Ramos: "Hakam meni g‘azablantirdi"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos 25-tur doirasida «Levante» (0:1) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvni boshqargan hakamlar haqida fikr bildirdi.

— Hakamlar qanchalik xato qilmasin, men ularni haqida gapirishni yoqtirmayman. Lekin bu gohida gapirishga majbur qiladi. Ispaniya Superkubogida to‘p behosdan qo‘limga tekkani uchun ular menga sariq kartochka ko‘rsatishgandi. Bugun to‘p ikki marta qo‘l bilan o‘ynaldi, lekin ular bu safar hech narsa ko‘rsatishmadi. Meni Ernandes Ernandes g‘azablantirdi. Qanot hakamlari ko‘proq hurmat qilishdi, jamoa sardorlari ular bilan gaplasha olishdi. Men bilan qanday shaxsiy adovati borligi haqida so‘radim. Agar bo‘lsa aytishini, hal qilib olishimizni aytdi. Biz peshqadam edik, mana endi ikkinchi o‘ringa tushib qoldik. Istalgan xato seni sovrinsiz qo‘yishi mumkin, - Ramosning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.

Kiritildi: 14:57, 23.02.2020.
O'qildi: 3869 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик