Turinning “Yuventus” klubi “Portu”ning yosh himoyachisi Tomas Esteves bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Italiya OAV xabar tarqatdi.
17 yoshli futbolchining “ajdarlar” bilan shartnomasidagi tovon puli 10 million yevroni tashkil qiladi. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.