"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone "Bavariya"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda "Don Balon" nashri xabar tarqatdi.
Myunxenliklar jamoani hozirda boshqarayotgan Xans-Diter Flik bilan mavsum so‘ngida xayrlashib, 49 yoshli argentinalik mutaxassisni klubga taklif qilishmoqchi.
"Bavariya" Bundesliganing 23-turidan keyin 49 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.