Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Arsenal” Obemeyangni ushlab qolmaydi

Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z hujumchisi Pyer-EmerikObameyangniyozda sotib yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Gap shundaki, “Kononirlar” gabonlik futbolchini kuch bilan jamoada olib qolmoqchi emas. Sababi Obameyang jamoa bilan 2021-yilga qadar tuzilgan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgach, “Arsenal” shu qarorga keldi.

“Daily star” nashrining ma’lum qilishicha, “kononirlar” yozda futbolchi borasidagi barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shunga qaramay, Londonliklar futbolchini iloji boricha APL jamoalariga sotmaslikka harakat qiladi.

Ayni damda gabonlik hujumchini qo‘lga kiritish uchun “Inter” va “Barselona” jamoalari asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

“Bavariya” yangi himoyachi topdi

Myunhenning “Bavariya” jamoasi “Frayburg” markaziy himoyachisi Robin Kox bilan jiddiy qiziqib qoldi. Ayni damda Kox o‘zining Bundesigadagi 3-mavsumini o‘tkazmoqda.

“Bild” nashrining ma’lum qilishicha, Myunhen klubi Robinni tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan Jerom Boatengning o‘rnini egallashiga umid qilmoqda.

Shunga qaramay, futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligi aniq. Markaziy himoyachi uchun shuningdek “RB Leypsig” va “Benfika” jamoalari ham kurashga kirishgan.

“Frayburg” katta ehtimol bilan yozda o‘z yetakchisini sotib yuboradi. Sababi, klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

“Chelsi”dan BOOM bo‘ladimi?

 

“Okdiario”ning xabar berishicha, “Chelsi” Yan Oblak borasida “Atletiko Madrid”ga fantastik taklif jo‘natmoqchi. Unga ko‘ra, “aristokratlar” Oblak uchun Kepa Arrisabalaga va 30 million yevro berishni rejalashtirmoqda. Bu taklif yozda ko‘rib chiqiladi. Hozircha “Atletiko” “Chelsi”ning taklifiga reaksiya bildirishga shoshilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” posboni “La Liga”ning 25 ta uchrashuvida maydonga tushgan bo‘lib, o‘yinlarning 11 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

“Yuventus” futbolchisi APL klubiga o‘tishi mumkin

Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Bles Matiyudi yozda APL klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

“Calciomercato” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, 32 yoshli futbolchi bilan “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jamoalari jiddiy qiziqish bildirgan.

Fransiyalik futbolchiga Turin super klubi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. Agar, Matiyudi shartnoma imzolashdan bosh tortsa, yozda erkin agent sifatida istagan jamoasiga o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi ushbu mavsumda “A seriya”ning 22 ta o‘yinida ishitok etdi va o‘z hisobiga 2 ta assistni yozib qo‘ydi.

Joze sobiq shogirdini yangi jamoasiga chorlamoqda

 

Londonning “Tottenhem” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan “Chelsi” futbolchisi - Villianni o‘z jamoasiga chorlamoqda.

“Dailystar” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, murabbiy allaqachon braziliyalik futbolchi bilan aloqaga chiqishga ulgurgan.

Xabaringiz bor, ayni damda Villian “Chelsi”ning asosiy futbolchisi bo‘lishiga qaramay, “aristokratlar” bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:22, 25.02.2020.
O'qildi: 10486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик