Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Gvardiola «Real» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?

Gvardiola «Real» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi ustozi Pep Gvardiola “Real Madrid”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Pep, “Real Madrid” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng futbolchilaringiz bilan faxrlanasizmi?
— Ha, albatta. Eng quvonarlisi shundaki, biz bugun yengilib turib g‘alabani ilib ketdik. Dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘yinda xarakter namoyish etdik. Uchrashuv boshida juda qiynaldik. Birinchi bo‘limda 10 ta ketma-ket pas berishning ham uddalay olmadik. “Real”ga qarshi o‘z uslubimizda o‘ynash oson bo‘lmadi. Eng muhimi biz hammasini chetga surib tashlashga va o‘yinni qo‘limizga olishga muvaffaq bo‘ldik. “Real Madrid” gol kiritgach, o‘yin ritmiga tushib oldi. Ularning qo‘li baland kelayotgan jarayonda gol urganimiz uchun to‘liqligicha maydonni qaytarib oldik. Hozir biz baxtlimiz, lekin javob uchrashuvm yaqinlashgani sari hayajonimiz ortib boradi. Hali hech narsa o‘z yakuniga yetgani yo‘q. Oldinda yana bitta o‘yin bor. Madrid jamoasi juda tajribali futbolchilardan tashkil topgan. Shunga qaramay, o‘z maydonimizda yaxshi o‘yin ko‘rsatishga umid qilaman.

— Penaltini nega Kevinga topshirdingiz?
— Buning hech qanday siri yo‘q. U o‘zi menga penalti tepishga tayyorligini aytdi va biz unga ishondik. O‘yindan so‘ng, unga ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olgani uchun rahmat aytdim. Qolgan futbolchilarimga ham albatta. Katta bosim ostida penalti tepish juda mushkul. Mana shunday holatda bu ishni o‘z bo‘yniga olgan futbolchilarni har qancha maqtash mumkin.

— Pep, jamoangiz tushib qolgan qiyin vaziyat sababli yigitlaringizga motivasiya berdingizmi?
— Yo‘q. Bunday qilmadik. Biz vaziyatni boshqarishga qodir emasmiz. Bizning vazifamiz maydonga tushish va g‘alaba qozonish. Bizning advokatlarimiz bu borada qizg‘in ish olib borishmoqda. “Real” ustidan qozonilgan g‘alabamiz men uchun katta voqea emas. O‘tgan yili ham biz YECHLda juda yaxshi ishtirok etgan edik. “Tottenhem” bilan o‘yinni eslang. Biz o‘shanda penaltini aniq amalga oshirganimizda barchasi boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi. YECHL shunisi bilan o‘zgacha musobaqa. Barcha bu mosobaqada g‘olib chiqishni istaydi, lekin bu oson ish emas. Klubimizga bo‘layotgan bosimdan xavotirga tushmayapmiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:58, 27.02.2020.
O'qildi: 7744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.