"Milan" "Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paulga qiziqmoqda.
"Milan" rahbariyati yozda 25 yoshli yarim himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda va uning agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Eslatib o‘ta’miz, De Paul "Udineze" safida 2016-yildan beri to‘p surib kelmoqda. Argentina terma jamoasida u 17 ta uchrashuv o‘tkazgan.