Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Real Madrid" — "Barselona": jarohatlar, holat, taxminiy tarkiblar

"Real Madrid" — "Barselona": jarohatlar, holat, taxminiy tarkiblar

Baho:
+ | -

Bugun tunda La Liga 26-turi doirasidan o‘rin olgan markaziy o‘yin guvohiga aylanamiz. “Santyago Bernabeu”da “qirollik klubi” “Barselona”ni qabul qiladi.

Turnir jadvalidagi holat

Joriy mavsumda La Liga g‘olibligi uchun aynan “Real” hamda “Barselona” kurash olib boryapti. “El-klasiko”ga ular ikki ochkolik farq bilan yetib kelishdi. “Real” 53 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Zidan shogirdlari bugunga qadar La Ligada 15 ta g‘alaba, 8 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etishgan.

“Barselona” esa turnir jadvalida peshqadam, klub bugunga qadar 55 ochko jamg‘argan. Kike Setyen shogirdlari hozirgacha La Ligada 17 ta g‘alaba, 4 ta durang qayd etishgan hamda 4 marta mag‘lubiyatga uchrashgan.

 

Yo‘qotishlar

Bugungi  “klasiko”ni “Real”ning uch nafar muhim futbolchisi o‘tkazib yuboradi: Eden Azar (tizzasidan jarohat olgan), Marko Asensio (tizzasidan jarohat) va Rodrigo (o‘tgan o‘yinda qizil kartochka olgan).

“Barselona” ham bugun maydonga tusha olmaydigan futbolchilar yetarlicha. Usmon Dembele, Serxi Roberto, Luis Suares  va Jordi Alba (hammasi jarohat). Shuningdek, “Napoli”ga qarshi YECHL o‘yinida jarohatlangan Pikening ham bugun o‘ynashi so‘roq ostida. Ammo Setyen uni har ehtimolga qarshi qaydnomaga kiritgan.

 

Qiziqarli faktlar

—“Real” futbolchilarining umumiy narxi (1,08 mlr) “Barselona” futbolchilarining umumiy narxidan qimmatroq (1,07 mlr).

— O‘zaro o‘yinlarda g‘alaba qozonish bo‘yicha ustunlik “Real” tomonida (83-79).

—“Real”ning “el-klasiko”da urgan gollari “Barselona”nikidan 12 taga ko‘p (331 — 319).

 

Taxminiy tarkiblar

RealKurtua – Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi – Kroos, Kazemiro, Valverde – Modrich, Isko – Benzema

BarselonaTer Shtegen - Semedu, Umtiti, Lengle, Xunior - Rakitich, Buskets, Vidal, Artur - Messi, Grizmann

 Nizomjon ISLOMOV tayyorladi.

Manba: isport.ua

Родриго ўтган турда Сегунда доирасида "СС Рейес"га қарши ўйинда қизил карточка олган. Шу боис бугунги ўйинда қатнаша олмайди. 

Kiritildi: 11:44, 01.03.2020.
O'qildi: 9155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.