Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

El-klasiko. «Real» ikkinchi bo‘limda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi

El-klasiko. «Real» ikkinchi bo‘limda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 26-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Real" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi.

Birinchi bo‘limda xavfli vaziyatlar yaratish borasida kataloniyaliklar ustunlik qilishdi. Ammo Artur va Messi juda qulay vaziyatda Kurtuani dog‘da qoldira olishmadi.

"Ko‘ka-anorranglilar" ikkinchi taymni ham faol boshlashdi. Ammo ko‘p o‘tmay mezbonlar kuchli pressing evaziga "Barsa"ni xato qilishga majbur qila boshlashdi. Natijada tashabbus Zidan jamoasi tomoniga o‘tib ketdi.

Maydon egalarining urinishlari 71-daqiqada o‘z samarasini berdi. Toni Kroosning ajoyib uzatmasidan keyin Junior jarima maydoniga kirdi va zarba berdi. To‘p "podkat" tashlagan Pikening oyog‘iga tegib, Ter Shtegenning yaqin burchagidan o‘tib, to‘rga borib tushdi.

Ushbu vaziyatdan bir daqiqa avval esa endigina zaxiradan maydonga tushgan Breytueyt ilk urinishdayoq gol urib ketishi mumkin edi. U tezlikda Marselodan o‘tib ketdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Ramos zarbani qaytarib qolgan edi.

Zaxiradan tushib gol urishni esa Mariano Dias qoyil qildi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘yinga qo‘shilgan Dias qarshi hujumda o‘ng qanotda Albadan o‘tib ketib, yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va Ter Shtegenni dog‘da qoldirdi!

Shu tariqa, imkoniyatlardan samarali foydalangan "Real" g‘alaba qozondi va musobaqa jadvalida 56 ochko bilan peshqadamga aylandi.

Ispaniya La ligasi, 26-tur
Real Madrid – Barselona 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 71 Vinisius Junior, 2:0 – 90 Mariano Dias.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Valverde (Vaskes, 86), Kazemiro, Isko (Modrich, 79), Kroos, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 90).
Barselona – ter Stegen, Semedu, Umtiti, Pike, Alba, Artur (Rakitich, 80), de Yong, Buskets, Vidal (Breytueyt, 69), Messi, Grizmann (Fati, 81).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (10), Karvaxal (19), Alba (19), Messi (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:07, 02.03.2020.
O'qildi: 5843 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.