Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Men — Odil Ahmedov: «Navbahor»gacha oddiy yo‘l

Men — Odil Ahmedov: «Navbahor»gacha oddiy yo‘l

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning eng mashhur futbolchilaridan biri Odil Ahmedov haqida hikoya qilinuvchi asarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Ustaning bashorati

Bolaligim oddiy o‘tgan. Oddiy qishloqda oddiy oilada tug‘ilganman. Oilamizda faqat otam ishlardilar, onam uy bekasi. Bolaligida o‘zbek bolasi nima ish qilsa, shuni qilganmiz: uzzukun yalangoyoq ko‘cha changitib yurardik, yozning jaziramasida oshnalarim bilan kattaariqqa cho‘milgani borardik. Kimdir dumalatib kelgan traktorning katta ballonida besh-oltita bo‘lib suzardik. Ballonda suzish ba’zi-ba’zida kurashga aylanib ketardi. Joy talashganlar bir-birini tortqilaganicha suvga qular, yana ballonga chiqish ilinjida qolganlarni ham o‘ziga qo‘shib suvga g‘arq qilardir. Chala-chulpa qurigan kiyimlarimizni kiyib, oshna-og‘ayni, qarindosh-urug‘larning uylariga borardik. Shu taxlit kunni qoraytirardik.

Futbol juda ommalashgan vaqtlar. Qishloqda futbolni sevmagan, unga mehr qo‘ymagan inson yo‘q. Qiziqqanlar futbol o‘ynaydi, o‘ynay olmaydiganlar muxlislik qiladi. Menda futbolga mehr besh-olti yoshlarda uyg‘ongan bo‘lsa kerak. Esimni taniganimdan beri to‘pga oshnoman! Mahallamiz adog‘idagi, qachonlardir chim yotqizilgan-u, ammo taqir joyga aylangan o‘yingohda futboldagi ilk qadamlarimni qo‘yganman. Bolalarga qo‘shilib, futbol o‘ynashni boshlaganimni juda yaxshi eslayman. O‘sha o‘yingoh menga juda ham qadrli. Milliy terma jamoa, “Paxtakor”, “Anji” va “Krasnodar” jamoalari tarkibida ko‘plab o‘yingohlarni ko‘rdim: “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lujniki”, uchinchi Peschanoy ko‘chasidagi o‘yingoh , “Qozon-Arena” , “Anji-Arena” , “AWD-Arena” , “Jassim bin Hamad...” Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirishim mumkin. Lekin mahallamiz adog‘idagi o‘sha g‘arib va taqir o‘yingoh menga bu muhtasham o‘yingohlardanda qimmatli, men doim qumsaydigan joy.

O‘sha vaqtda oilamiz kamharj, faqat otam ishlaydilar. Tabiiyki, asosiy daromadimiz dadamlarning oyliklari. Ba’zida o‘zimiz ham pul topishga harakat qilardik. Hovlidagi mevalarni tog‘oraga solib, Namanganning “Chorsu” bozorida sotib kelganimiz hali ham esimda.
Namanganda futbol azaldan eng sevimli sport turi. Juda yaxshi eslayman – qishlog‘imizdan Namangan va Toshkentdagi futbol maktablarida o‘qiydiganlar juda ko‘p edi. Hamma ularga havas qilardi.

Dadamning o‘zlari ham ashaddiy futbol muxlisi, yoshliklarida futbol musobaqalarida ishtirok etganlar. Hatto yigitlik vaqtlarida ham so‘roqsiz futbolga ketib qolaverganlaridan opoqdadamdan so‘kish ham eshitgan ekanlar.

(davomi bor)

Baxtiyor ABDUG‘AFUR.

Manba: https://t.me/baxtiyor1980
Kiritildi: 08:56, 03.03.2020.
O'qildi: 9700 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик