Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Boks. Fanat Qahramonov Ammandan yo‘llanmasiz qaytadigan bo‘ldi

Boks. Fanat Qahramonov Ammandan yo‘llanmasiz qaytadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha lisenzion musobaqa davom etmoqda.

Kecha chorak final bosqichi qozog‘istonlik Abilxan Amanqulga yutqazgan 75 kg. vazndagi bokschimiz Fanat Qahramonov, bugun yo‘llanma uchun kurashni davom ettirdi. Hamyurtimiz eronlik Sayidshahin Musaviyga qarshi ringga ko‘tarildi.

Tengma-teng kechgan birinchi raundda hakamlar ustunlikni fors sportchisiga berishdi. Fanat esa ikkinchi raundda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Uchinchi raundda bokschilar g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishga harakat qilishdi. Yakunda esa Qahramonov olimpiada yo‘llanmasidan quruq qoldi — 1:4 (29:28, 28:29, 28:29, 28:29, 28:29).

Shu tariqa, Ammanga yo‘l olgan 8 nafar erkak bokschimizdan 2 nafari — Dilshod Ro‘zmatov (81 kg.) va Fanat Qahramonov (75 kg.) Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:46, 09.03.2020.
O'qildi: 4729 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик