Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Yuve” Iguaindan qutulmoqchi

 

Turinning “Yuventus” jamoasi yozda argentinalik hujumchi Gansalo Iguainni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Aslida, Gansalo va klub o‘rtasidagi shartnoma yana bir yarim yil davom etishi mumkin, biroq Turinsuperklubi uning o‘rniga yosh va kuchli hujumchilardan birini jalb etmoqchi.

“Tuttosport ” nashri bergan xabarlarga qaraganda, klub shortlistida Verner, Jezuz  va Ikardi singari futbolchilar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Iguain ushbu mavsumda 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

“Arsenal” Malenni ortga qaytarmoqchi

 

Londonning “Arsenal” jamoasi PSV hujumchisi Donuel Malenni ko‘z ostiga olib qo‘ydi. “Le10sport” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “kononirlar” yozda gollandiyalik futbolchini 50 millionga sotib oladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joiz-ki, Malen PSV safiga o‘tguniga qadar ikki yil davomida London klubi akademiyasida shug‘ullangan edi.

Shuningdek, “Arsenal” yozda Merix Demirelning ham transferini amalga oshirishga yaqin turibdi. Manbaning bergan xabarlariga ko‘ra aynan shu ikki futbolchi yozda “to‘pchilar”ning asosiy nishoniga aylanadi.

Rakitich qoladimi?

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich yozda klubdan ketishi aniq bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, klub futbolchi bilan bu borada kelishib olgan va barchasi osonlik bilan amalga oshishi taxmin qilinmoqda.

“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga tayanadigan bo‘lsak, xorvatiyalik futbolchi o‘z faoliyatini Madridning “Atletiko” safida o‘tkazishi haqiqatga yaqin turibdi.

Shuningdek, uning xizmatlari bilan Italiyaning bir nechta klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Perishich qoladimi?

 

Ayni damda ijara asosida “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan Ivan Perishichning klubda qolishi borasidagi savol hali-hamon ochiqligicha qolmoqda.

“FootballItalia” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Myunhen klubi Perishichning transferini sotib olishi mumkin. Shuningdek, “Kicker” nashri ham Perishich Myunhenda qolishi borasida rasmiy ma’lumot tarqatishni boshladi.

Huquqlari Italiyaning “Inter” jamoasiga tegishli bo‘lgan xorvatiyalik futbolchining o‘zi ham Myunhenda qolishni istamoqda. Ayni damda futbolchining agenti hech qanday sirni oshkor qilmagan bo‘lsada, katta ehtimol bilan Ivan “Bavariya”ni tark etmaydi.

Villian uchun yangi nomzod paydo bo‘ldi

 

Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Villian yozda PSJ klubiga o‘tishi mumkin.

Bu haqida Britaniya nashrlari ma’lum qilmoqda. Shuningdek “Le10sport” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Parijga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Gap shundaki, futbolchi va “Chelsi” yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti. Shu sababli, Villian kamida 3 yillik shartnoma taklif qilishga qodir jamoada to‘p surish niyatida ekanligini yashirib o‘tirmadi.

Manba bergan xabarga ko‘ra yarim himoyachi uchun Parij klubi 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Hozircha ushbu transfer borasida yangi ma’lumotlar yo‘q, biroq Villianning yozda Londonni tark etishi tobora haqiqatga aylanib bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:09, 10.03.2020.
O'qildi: 12101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик