Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

 

“Barselona” Ter Shtegen bilan kelisha olmayapti

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi o‘z darvozaboni Mark Andre Ter Shtegen bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

“Goal” nashri bergan xabarlarga qaraganda, jamoa va futbolchi o‘rtasida muoliyaviy muammolar paydo bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, darvozbon yiliga 15 million yevro maosh olishni istamoqda. Kataloniya klubi esa, muoliyaviy feyr-pley sababli bunday maosh to‘lashga qodir emas.

Eslatib o‘tamiz, kipperning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilda o‘z yakuniga yetadi. Ayni damda uning transfermarketdagi bahosi 90 million yevroga teng.

PSJga “Yuve” futbolchilari kerak

 

Fransiyaning PSJ futbol jamoasi yozda “Yuventus”ning ikki futbolchisini jamoaga olib kelishni istamoqda.

TMW nashri bergan xabarlarga qaraganda, Parijliklar Iguain va Pyanichni o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Qayd etib o‘tish joiz-ki, bosniyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilda yakun topadi. Argentinalik futbolchi esa kelasi yili erkin agent maqomiga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli “zebra”lar futbolchilarni sotib yuborishga qarshi bo‘lmasligi mumkin.

Ushbu futbolchilarning transfermarketdagi qiymati 100 million yevroga teng.

“Valensiya” iqtidorlarni izlamoqda

 

Ispaniyaning “Valensiya” jamoasi yozda “Almeria” hujumchisi Darvin Nunyes bilan shartnoma tuzishi mumkin.

“Super Deport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “ko‘rshapalaklar” urugvaylik futbolchining transfer huquqini sotib olishadi.

Transfer summasi ma’lum qilganicha yo‘q, biroq “Valensiya” hujumchi uchun kamida 10 million yevrodan voz kechishi aniq.

Qayd etib o‘tish joiz, ushbu mavsumda Darvin “Segunda”ning 20 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

“Yuventus” uchta futbolchiga da’vogar

 

Turinning “Yuventus” jamoasi yozda sotib olishi kerak bo‘lgan 3 ta futbolchi borasida yakuniy qarorga keldi.

Unga ko‘ra, klub yozda “Fiorentina” yarim himoyachisi Federiko Kyeza, “Valensiya” yarim himoyachisi Ferran Torres va “Breshia” yarim himoyachisi Sandro Tonalilar klub nishonida bo‘lishadi.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, klub ushbu futbolchilarni qo‘lga kiritish uchun «Yuve» 110-130 million yevro atrofida pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Bu pullarni klub byudjetidan olmaslik uchun yozda Turin klubi Hedira, Kuadrado, Iguain va Matyudilarni sotuvga qo‘yishni reja qilgan.

“Atletiko”dan o‘zgacha yurish

 

Ispaniyaning “Atletiko” jamoasi yozda “Manchester Yunayted” klubi tayanch yarim himoyachisi Nemania Matichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bu haqida “Fijachec” nashri ma’lum qilgan. “Matraschilar” tajribali futbolchini yozda bir sent ham ishlatmasdan qo‘lga kiritish borasida ish olib borishmoqda.

Xabaringiz bor, iyun oyida serbiyalik yarim himoyachi rasman erkin agent maqomini oladi. Futbolchining o‘zi ham Madridda o‘ynashga qarshi emas, biroq u ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan variyantlardan birini tanlashni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Matich ushbu mavsumda APLning atigi 12 ta uchrashuvida maydonga tushdi va bitta assistni amalg oshirdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:34, 11.03.2020.
O'qildi: 10061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.