Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

«Navbahor» vakillari Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi

«Navbahor» vakillari Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -

Namanganning “Navbahor” PFK rahbariyati, xodimlari, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari bugun Namangan shahridagi 26-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur muassasa 2004 yilda qurilgan bo‘lib, bu yerda jami 79 nafar tarbiyalanuvchilar (44 nafar o‘g‘il bola, 35 nafar qiz bolalar) tarbiyalanishadi. Mazkur tarbiyalanuvchilarga direktor Dilorom Abdurahimova boshchiligidagi jami 64 nafar ishchi hamda xizmatchilar (ulardan 22 nafari pedagog tarbiyachilar) ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Yana shuni ham aytish lozimki, ushbu Mehribonlik uyida 12 turdagi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. Ular orasida bir qator sport to‘garaklari, jumladan, futbol, voleybol, stol tennisi, kurash, boks, karate va kikboksing ham bor.

Mazkur muassasa tarbiyalanuvchilari o‘tgan yili Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan futbol musobaqasida chempion bo‘lishgan.

Ushbu Mehribonlik uyiga namanganlik mashhur futbolchi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov 2016 yili sun’iy qoplamali mini-futbol maydonchasi qurib bergan.

Jamoamiz futbolchilari mazkur maydonchada Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan birga futbol o‘ynashdi, ularga “master-klass” namoyish etishdi.

Tashrif yakunida “Navbahor” futbolchilari ushbu muassasa tarbiyalanuvchilariga turli sovg‘alar ulashishdi hamda jamoaning joriy mavsumdagi barcha uy uchrashuvlariga mazkur Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini taklif etishdi va ularga barcha sharoitlarni yaratib berishlarini ta’kidlashdi.

O‘z navbatida, 26-sonli Mehribonlik uyi direktori Dilorom Abdurahimova hamda tarbiyalanuvchilar “Navbahor” vakillarining ushbu tashrifidan xursand bo‘lganliklarini e’tirof etib, “lochinlar”ga Coca Sola Superliganing keyingi bahslarida omad yor bo‘lib, jamoa bu yil o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga tilak bildirishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:25, 12.03.2020.
O'qildi: 3109 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик