Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

“Paxtakor” yoshlarida g‘alaba

“Paxtakor” yoshlarida g‘alaba

Baho:
+ | -

"Paxtakor" yoshlar jamoasi U-21 birinchiligi 3-turida "Metallurg"dan kichik hisobda ustun keldi.

Birinchi bo‘lim deyarli teng kurashlar ostida o‘tdi. Xavfli vaziyatlar yuzaga kelishiga himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi. Faqat bir holatda raqib posboni "sherlar"dan Mamasidiqov va Chikrizovning ketma-ket bergan aniq zarbalari yo‘liga g‘ov bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda 10 oylik tanaffusdan keyin Javohir Sidiqov tushirildi. U tizzasidan olgan og‘ir jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqqandi. Yarim himoyachi asta-sekinlik bilan yaxshi holatga kirib olishi kutilmoqda. 57-daqiqada o‘yin taqdirini hal qilgan yagona gol Alisher Odilov tomonidan urildi. U Fayzullayevning uzatmasidan so‘ng yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. Odilov uch o‘yinning barchasida to‘p kiritdi va gollari sonini 4taga yetkazdi. Kichik hisobdagi muvaffaqiyat Stanislav Kudryashov shogirdlarining yuqori o‘rinlarda borishini davom ettirmoqda.

"PAXTAKOR" - "METALLURG" - 1:0 (0:0)
13 mart. Qibray. "Qibray" stadioni.
Hakamlar: G‘.Jo‘rayev, SH.A’zamov, I.Azimov, F.YAnsupov.
Nazoratchi: F.Abdullayev.
"Paxtakor": Hamroyev, Salimov, Mirsaidov, Ramazonov, Mirzayev (Tursunov, 46), Shamsiyev, Odilov (Jiyanov, 90+4), Sultonmurodov, Hamidjonov, Chikrizov (Sidiqov, 46), Mamasidiqov (Fayzullayev, 46).
"Metallurg": Vagin, Turg‘unboyev (Azizboyev, 78), Qudratillayev, A.G‘aybullayev (Qo‘chqorov, 52), Kamolov, G‘ofurbekov, Ergashev, Anvarov, Botirov, Islomov, G‘ulomov.
Gol: Odilov, 57 - 1:0.
Ogohlantirish: Ergashev, 90.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:54, 13.03.2020.
O'qildi: 2882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.