Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Qora mehnatdan qadr top(ma)ganlar

Qora mehnatdan qadr top(ma)ganlar

Baho:
+ | -

Stadion.uz tarixga nazar soladi va APLda chempionlik uchun barchadan ko‘p xissa qo‘shganiga qaramay, muxlislari e’tiboridan chetda qolgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi. Bugungi qahramonlarimiz ijtimoiy tarmoqlar yoki shov-shuvli intervmyulardan yiroq, lekin jamoa uchun katta naf keltirganlar ekanligini anglangan bo‘lsangiz, ajab emas.

1999-2000. Niki Batt, «Manchester Yunayted»

Aslida “Manchester Yunayted”ning 2000-yildagi chempionligidan bir mavsum ilgari jamoa futbolchilari “trebl”qayd etgani bois ularning birortasi e’tibordan chetda qolmagan. Shunga qaramay, Niki Batt maydon markazidagi jangchilardan biri sifatida bugungi ro‘yxatimizni ochib beradi. Yarim himoyachi maydonda qanchalar kuchli o‘yin ko‘rsatmasin, baribir Bekhemning soyasida qolib ketar, muxlislar doimo Beksning super jarima zarbalari ta’sirida Battning mehnatini unutib qo‘yishar edi. Vaholanki, 2000-yilgi chempionlik chog‘ida Niki jamoaning eng muhim figurasi bo‘lgan edi.

2000-2001. Devid Bekxem, «Manchester Yunayted»

Devid o‘sha yili Angliya terma jamoasida shu qadar yaxshi harakat qildiki, uning “Manchester Yunayted”da ko‘rsatgan futboliga ko‘pchilik e’tibor qaratmadi. U aynan o‘sha yilgi chempionlik mavsumida to‘liqligicha jamoa uning atrofida qurilgan bo‘lib, u Fergyusonning g‘alaba kaliti vazifasini bajarib bergan.

2001-2002. Silven Viltor, «Arsenal»

2002-yilgi chempionlikdan so‘ng, barcha Anri va Piresning o‘yinlaridan to‘lqinlangani rost. To‘g‘risi, Anri va Piresning “Arsenal” chempionligi uchun qo‘shgan xissasi ulkan ekanligi bor gap, biroq ko‘pchilik o‘sha mavsumda jamoada Silven Viltorning borligini bugun eslay oladimi? “Manchester Yunayted”ning uch yillik hukmronligiga barham berilgan yili Viltor jamoaning eng yaxshi assistentlaridan biri bo‘lganidan bugungi avlod xabardormi? Afsonaviy “Old Trafford”da gol kiritib “Arsenal”ga chempionlikni taqdim etgan hujumchi hech qachon kerakli darajada hurmat bilan yodga olinmagani achiq haqiqat.

2003-2004. Jilberto Silva, «Arsenal»

Londonliklar o‘sha yili chempionatni mag‘lubiyatsiz yakunlashgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan. Tan olish lozim, Arsnel Venger jamoasida 2003-2004-yillarda faqatgina yulduz futbolchilar harakat qilishgan. Ayniqsa, yarim himoyadagi futbolchilarni alohida qayd etib o‘tish joiz. O‘sha tarkib futbolchilaridan Patrik Viyerani ko‘pchilik yaxshi eslaydi, biroq Venger uchun juda muhim bo‘lgan tayanch zonasini bir o‘zi berkitgan Jilberto Silva ko‘pincha e’tibordan chetda qolgan. Silva chempionlik mavsumida nafaqat tayanch yarim himoyasida, balki markaziy himoyada ham birdek ter to‘kkan va aynan uning mehnatlari evaziga jamoa maydon markazini APLning birorta klubiga topshirib qo‘ymagan.

2004-2005. Klod Makelele, «Chelsi»

Klod Angliyada shu qadar ishonchli harakat qildiki, xatto ingliz matbuoti tayanch zonasi futbolchilarini “Makalele pozisiyasida harakat qiluvchilar” deb ta’riflay boshladi. “Chelsi”ning g‘alabalari chog‘ida gazeta va jurnallarning muqovasida asosan Mourinyo, Terri va Lempardlar ko‘rinish berishgan bo‘lsa-da, maydonda hech kim Klod Makalele singari ishonchli o‘yin ko‘rsatmagan. Ayniqsa, “aristokratlar” uchun chempionlik bilan yakunlangan mavsumda Jozening o‘yinni aynan Klod Makalele orqali boshqargan. Buni murabbiy o‘z intervyularida bir necha bor oshkor qilgani hech kimga sir emas.

2005-2006. Uilyam Gallas, «Chelsi»

Oradan bir yil o‘tib, Angliya futbol olami Makalele effektini ko‘rgach, yarim himoyachi yuluzga aylanib ketdi. Shu sababli, “Chelsi” safida yangi yulduzcha paydo bo‘lishi kerak edi va u paydo bo‘ldi. O‘sha mavsumda “Chelsi” himoyasining istalgan nuqtasida ko‘rinish berishni boshlagan Uilyam Gallasga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Unversal himoyachi nafaqat ishonchli himoyachi, balki muhim gollarni kiritishga qodir chinakam yetakchilardan biri ham edi. U chempionlik mavsumida “MYU”, “Tottenhem” va “Liverpul” darvozalariga g‘alaba keltirgan gollarni kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Jamoa uning klub oldidagi xizmatlari uchun “minnatdorchilik”sifatida esa.... “Arsenal”ga Eshli Koul transferining bir qismi sifatida jo‘natib yuborgan.

2006-2007. Lui Saa, «Manchester Yunayted»

Bu paytga kelib Runi va Ronaldu o‘zining ilk chempionligini nishonlagan va butun dunyo Fergi boboning yangi topilmalaridan hayratda edi. Shunga qaramay, Runi va Ronaldu singari jamoaning chempionligi uchun katta xissa qo‘shgan yana bir futbolchi bor-ki, uni ko‘pchilik doimo zaxirada o‘tirgan holida eslab qolgan. Lui Saa jarohatlar bilan o‘ralashib qolishiga qaramay, hamishajangovor formani yo‘qotib qo‘ymagan hujumchilardan edi.

2007-2008. Ues Braun, «Manchester Yunayted»

Mavsum boshida jamoa o‘zining asosiy qanot himoyachisi Garri Nevilldan ayrilgach, katta sahnaga Ues Braun chiqdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, butun mavsum davomida ishonchli harakat qilgan futbolchi jamoa bilan APLda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Moskvada bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida o‘z hisobiga assist yozib qo‘yishga ham ulgurdi. Yakunda, barcha Ronaldu, Runi, Ferdinand, Tevez singari futbolchilar klub faxriga aylandi, UYEs esa katta mehnat qilganiga qaramay, ulardan biroz orqaroq fonda qolib ketdi.

2009-2010. Jo Koul, «Chelsi»

London klubi chempionlik uchun kurash olib borgan mavsum Koul uchun “Chelsi”dagi so‘nggisi edi. “Aristokratlar” musobaqa yakunlanishiga 5 tur qolgan bir paytda jadvalda ikkinchi o‘rinda borishayotgan edi. “Chelsi”ning “Old Trafford”dagi g‘alabasi barchasini o‘zgaritib yuboradi va o‘sha uchrashuv sababli “Chelsi” chempionlikni “qizil iblislar”ning burni tagidan ilib ketadi. Ha aytgacha, “Chelsi” uchun hal qiluvchi o‘yinda Eshli Koul bitta gol va bitta uzatma beradi hamda o‘z jamoasini “Manchester Yunayted”dan o‘zib ketishini ta’minlab beradi.

2010-2011. Park Chji Sun, "Manchester Yunayted"

Uzoqyillik tanaffus chog‘ida “qizil iblislar” kerakli futbolchilarni jamlashga muvaffaq bo‘lishdi. 2010-2011-yilgi APL mavsumida Nani eng yaxshi assistent bo‘ldi, Berbatov jamoa to‘purari bo‘lgan bo‘lsa, jurnal muqovalaridan Runining surati tushgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, chempionlik mavsumida “Manchester Yunayted” libosida mehnat qilgan va jamoasi uchun har uchrashuvda jang qilgan Park Ji Sunni ham alohida e’tirof etish zarur. Aynan u Aleks Fergyusonning champion tarkibida ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor sifatida harakat qildi va bu o‘z samarasini bermay qolmadi.

Manba: Stadion.uz

Давоми бор.

Kiritildi: 09:31, 19.03.2020.
O'qildi: 6871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.