Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Qizilqum»da o‘ynayotgan afrikalik «topilma» bilan suhbat

«Qizilqum»da o‘ynayotgan afrikalik «topilma» bilan suhbat

Baho:
+ | -

— O‘zbekiston futboli haqidagi ilk taassurotlaringiz qanday?
— Bu yerda barchasi butkul o‘zgacha. Futbol professional darajada rivojlangan. Maydonlar, futbol mutasaddilari, muxlislar —  hammasi o‘ziga jalb etadi.

— Bilamiz, siz jamoaga Turkiyadagi o‘quv— mashg‘ulot yig‘ini davomida qo‘shildingiz, xorijdagi tayyorgarlik qanday kechdi?
— Turkiyada shaxsan men uchun juda qiyin bo‘ldi, xaqiqiy sinov kunlari edi. Men doim asabiy yurar edim, chunki klubga o‘zimni nimalarga qodirligimni isbotlashim lozim edi. Baxtimga boshqa futbolchilar meni qo‘llashdi va men jamoaga tez kirishib ketdim.

— Afrika qit’asidan kelib Osiyoda o‘ynash siz uchun noqulaylik tug‘dirmayapti?
— Futbol sharoit tanlamaydi. Men bilan hammasi joyida. Bu yer o‘z vatanimni eslatib yuboryapti, doim quyosh kulib boqadi.

— "Qizilqum" jamoasiga o‘tishingizdan oldin, mazkur klub haqida nimalarni bilar edingiz?
— To‘g‘risini aytsam, men O‘zbek futboli haqida hech narsani bilmas edim. Agentim bilan gaplashganimdan so‘ng, u menga futboli rivojlanib borayotgan O‘zbekiston klubidan taklif bor dedi. Keyin esa men ushbu jamoaning o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatdim va rozi bo‘ldim.

— Yangi klubingiz haqida nimalar deya olasiz. Klub tashkiliy ishlari, maydoni, muxlislari sizda qanday his uyg‘ota bildi?
— Jamoa men kutganimdan ham a’lo ekan. Tashkiliy ishlar birinchi o‘rinda, professional murabbiylar, malakali shifokorlar, 90 daqiqa tinim bilmaydigan muxlislar —  bularning barchasi tunlari tushimni ham tark etmaydi.

— O‘tgan turlar davomida siz O‘zbekistonning bazi jamoalari potensialiga guvoh bo‘ldingiz. Nima deb o‘ylaysiz, mavsum mobaynida raqib himoyasidan o‘tish uchun nimalarga ko‘proq e’tibor berish lozim?
— Biz Afrikaliklar kuchimiz va tezligimizga tayangan holda harakat qilamiz. Murabbiyimiz barcha uchrashuvlarda raqibga qarab taktika qo‘llaydi, lekin ko‘pincha jamoa mening tezligimga ishonib yo‘l tutadi. Bu mening yutug‘im hisoblanadi.

— Sizni O‘zbekistonga yo‘l olishingizni eshitgan oila a’zolaringiz birinchi bo‘lib nimalar dedilar?
— Ochig‘i, ular juda ham xursand bo‘lishdi, chunki ular mening kelajagim yaxshi davlatda qurilishi tarafdori edilar.

— Hali top klub bo‘lishga ulgurmagan jamoada to‘p surish siz uchun qanday?
— Men bu yerda chinakamiga baxtliman. Kim aytdi sizlarga bu klub top emas deb? Biz hali shu darajaga erishamiz, faqat buning uchun ozgina vaqt hamda mehnat talab qilinadi.

— Kumiringiz kim? Nega?
— Kumirim —  Ronaldu. Chunki u juda ham ko‘p mehnat qiladi. Men uchun u eng zo‘r o‘yinchi.

— Agar sizda tanlash imkoni bo‘lganida, Ronaldu bilan bitta jamoada to‘p tepishni va doim ikkinchi planda bo‘lishni maqul ko‘rarmidingiz yoki biror boshqa klubning xaqiqiy yetakchisi bo‘lishni?
— Boshqa klub yetakchisi bo‘lib, ko‘plab shaxsiy sovrinlar yutishni tanlardim. Keyin esa Ronalduning o‘zi menga muxlislik qilgan bo‘lardi.

— O‘zbekistonda irqchilik haqida nima deysiz?
— Hozircha men buni umuman sezmadim, barcha birdek mehribon. O‘zbek xalqi juda samimiy va mehmondo‘st ekan. Menga yoqdi.

— Kelajakdagi reja va maqsadlaringiz?
— Hozircha orzu va maqsadim bitta —  "Qizilqum" bilan iloji boricha yaxshi natija qayd etish va muxlislarimizni xushnud etish.

— Mkkartney, ajoyib suhbat uchun rahmat. Faoliyatingiz yanada porloq kechishini tilab qolaman.

Manba: https://t.me/uzsport_tv
Kiritildi: 23:56, 19.03.2020.
O'qildi: 3252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.