Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Lukaku koronavirus haqida: "Bunday vaziyatda bor narsalarimizni qadrlashimiz kerak"

Lukaku koronavirus haqida: "Bunday vaziyatda bor narsalarimizni qadrlashimiz kerak"

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» klubi hujumchisi Romelu Lukaku koronavirus har bir kishi uchun naqadar zararli ekanligi haqida fikr bildirdi.

«Qanchadan beri karantindaman? 9 kun. Men mashq qilishni juda xohladim va klubdagilar bilan ochilgan chatimizda kimda velotrenajyor borligini so‘radim. Chatda yozishmalarimizdan ikki soat o‘tib, menga velotrenajyor olib kelishdi. O‘z fizioterapevtim bilan ishlayapman, u menga har kuni o‘quv markazidan ovqat olib keladi. Tushlikka asosan baliq va sabzavotlar yeyapman.

Onamni, o‘g‘limni, kundalik hayotimni, hatto akamni sog‘inyapman. Bu juda qiyin, chunki boshqa insonlar bilan suhbatlashish taqiqlangan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni, o‘yinlarni va muxlislarni ham sog‘indim.

Siz imkon qadar maksimal tarzda ehtiyot bo‘lishingiz kerak, bu barchaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siz bu virusni tasodifan yuqtirib, uyingizga borib yaqinlaringizga yuqtirishingiz mumkin… Onam qandli diabet bilan kasallangan, shuning uchun hozir uni ko‘rmayapman. Onam hozir shaharga aylanishga chiqmayapti, uyimiz atrofida havo almashtirib uyga tezlik bilan qaytib kirmoqda. Shunday qiyin vaziyatlarda biz bor narsalarimizni qadrlashni boshlaymiz. Men baxtliman. Shu kunlar meni bolalik davrimga qaytaradi», — dedi Lukaku intervyu La Gazzetta dello Sport bilan suhbatda.

Kiritildi: 10:18, 20.03.2020.
O'qildi: 2137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик