Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusni aniqlab beruvchi testni topshirdi. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchida COVID-19 alomatlari topilmadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Ronaldu vatani Portugaliyada 14 kunlik karantinda yashamoqda. Avvalroq, uning uch nafar jamoadoshi – Daniele Rugani, Blez Matyuidi va Paulo Dibala koronavirusga chalingani aniqlangan edi.