Rimning "Roma" klubi yarim himoyachisi Alessandro Florensi yanvar oyida "Atlanata" klubiga o‘tishga yaqin kelgandi deya xabar bermoqda Sky Sport Italia.
"Qora-ko‘klar" rahbariyati o‘z tarkibini Florensi bilan kuchaytirish maqsadida, "Roma" klubi rahbariyati bilan muzokara olib borgan, biroq, futbolchi yakunda "Valensiya" klubiga ijaraga asosida ketgandi.
Florensi "ko‘rshapalaklar" tarkibida 5 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.
Florensining "Roma" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyida o‘z yakuniga yetadi.