Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Katta sardor»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Katta sardor»

Baho:
+ | -

23 mart. 1962 yili tavallud topgan va  o‘tgan asrning eng iste’dodli markaziy himoyachilaridan biri bo‘lgan Fernando Yerro haqida gapirish vaqti yetdi.

Bugungi kunda “Real” muxlislari Serxio Ramosning o‘yinidan xotirjam bo‘lishadi. U bor, bemalol himoyani o‘ylamasak ham bo‘laveradi, deydilar. Hatto hujumchilarning ishi yurishmasa, borib gol ham urib keladi, deyishlari turgan gap. O‘tmish “Real”ida Ramosning ustozi – Yerro edi.

15 yil Qirollik klubida faoliyat olib borgan ajoyib himoyachi besh marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, uch marta YECHL g‘olibiga aylandi. Ispaniya terma jamoasida ham eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar o‘nligida. To‘purarlar bahsida to‘rtinchi o‘rinda. 29 goli bilan.

Yerro 1991/92 yilgi mavsumda 21 gol urib, faqat Manoloni o‘zidan o‘tkazib yuborgan. Markaziy himoyachi – ikkinchi o‘rinda! Zo‘r, a?! Ishonchli o‘yinlari bilan Fernando 2001 yili sardorlik bog‘ichini oldi va “Real” safida 601 o‘yin o‘tkazib, klub afsonasiga aylandi.

Himoyachi 35 yoshida jamoani tark etdi va Qatarning “Ar Rayyon” klubiga yo‘l oldi. Yangi klubida Qatar amiri kubogini yengib oldi. Ikkinchi mavsumni Yevropada davom ettirdi – “Bolton”ga kelib, 2005 yilgacha o‘ynadi va futbol bilan xayrlashdi.

2007 yildan boshlab Ispaniya Futbol Federasiyada sport direktori bo‘lib faoliyat yuritdi. Federasiyada ishlayotgan payti terma jamoa Yevropa chempioni (2008) va jahon chempioni (2010) bo‘ldi. 2011 yili “Malaga”da sport direktori, 2014 yili “Real”da Karlo Anchelotti assisenti vazifasida ish boshladi.  2016 yili “Ovyedo” murabbiyi, 2018 yili Ispaniya terma jamoasi bilan mundialdagi ishtiroki...

Hozirda yana “Real”ga qaytgan. Sport direktori vazifasiga.
Ko‘ryapsizmi, futbolchiligi bilan murabbiyligi o‘ta farq qiladigan inson. To‘p tepganda bir klubda 15 yil, maydondan tashqarida shuncha joy...

Yerro yaqinda intervyu berdi va jurnalistning: “Real” nima uchun afsonalarini yaxshi kuzatib qo‘ymaydi?” degan savoliga chiroyli javob bergan: “Murabbiyligida yaxshi kutib olish uchun!”

Xayrulla Hamidov

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:10, 23.03.2020.
O'qildi: 4056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.