Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Union» futbolchilari koronavirus sabab maoshdan voz kechdi, «Bavariya» o‘yinchilariniki esa 20 foizga qisqardi

«Union» futbolchilari koronavirus sabab maoshdan voz kechdi, «Bavariya» o‘yinchilariniki esa 20 foizga qisqardi

Baho:
+ | -

Berlinning «Union» klubi futbolchilari va xodimlari koronavirus sabab yuzaga kelgan tanaffus vaqtidagi maoshidan voz kechdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Biz favqulotda vaziyatga duch keldik. Klubimizning maqsadi — futbol. Agar u to‘xtatilsa, bu hayotimiz mazmuniga ta’sir qiladi. So‘nggi oylarda rahbariyat, xodimlar, jamoa va qolgan ishchilar klubning Bundesligadagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun ter to‘kib ishladi. Rahbariyat nomidan barchaga tashakkur aytaman», — deydi klub prezidenti Dirk Singler.

«Bu vaziyatda muammoga duch kelishimiz darhol ayon bo‘lgandi. So‘nggi bir necha kun faol munozaraga kirishdik va yakunda birgalikda ishlashga kelishib oldik. Bu og‘ir holatni birgalikda yengib o‘tmoqchimiz», — deydi jamoa sardori Kristofer Trimmel.

Shuningdek, «Bavariya» futbolchilari va rahbariyati maoshining 20 foizidan voz kechgan. Bu mablag‘lar klubning qolgan xodimlari maoshini to‘liq to‘lab berishga xizmat qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:46, 26.03.2020.
O'qildi: 2430 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик