Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Kosta Italiyaga yo‘l oladi?!

Taniqli “Le Gazzeta Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Atletiko Madrid” hujumchisi Diyego Kosta yozda Italiya klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

Ayni damda, ispaniyalik hujumchi bilan “Napoli” va “Roma” jamoalari qiziqib qolgan.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Napoli” yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Arkadiush Milikning o‘rnini aynan Kosta bilan to‘ldirishni istmoqda.

Diyegoning o‘zi ham Madriddan ketishga qarshi emas. Sababi, hujumchi klubdagi asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berib qo‘ydi.

Sancho qaysi klubni tanlaydi?

 

“Borussiyaning “Dortmund” klubi hujumchisi Jeydon Sancho yozda APL klublaridan biriga o‘tadi”,- deb xabar bermoqda taniqli “SkySport” nashri.

Manbaning ma’lum qilishicha, vinger ayni damda “Chelsi” va “Manchester Yunayted”dan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.

Bugungi kunga kelib Sancho Bundesligadagi eng qimmat futbolchi sanaladi. Uni qo‘lga kiritishni istagan klub 130 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

“Inter”ning yozdagi nishoni aniq bo‘ldi

 

Milanning “Inter” klubi ustozi – Antonio Konte yozda klub sotib olishi kerak bo‘lgan futbolchi nomini ma’lum qildi.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Konte yozda Arturo Vidalni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Aslida, chililik futbolchi qishdayoq Italiyaga yo‘l olishi mumkin edi, biroq kataloniyaliklar mavsum o‘rtasida Vidalni qo‘yib yuborishni istamadi.

Yarim himoyachining o‘zi Konte qo‘l ostida harakat qilishga qarshi emas. Avvalroq, murabbiy va futbolchi “Yuventus” jamoasi sharafini himoya qilgan.

“Lester” Vardining o‘rinbosarini topdi

 

Angliyaning bir nechta nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, “Lester” yozda Jimmi Vardi uchun raqobatdosh futbolchini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Unga ko‘ra, “tulkilar”nishonida Franisyaning “Mets” jamoasining 23 yoshli hujumchisi Habib Dialo turibdi.

Senegallik futbolchi bu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda. Uning tezkorligi va jarima maydonchasi ichidagi epchilligi Londonning “Chelsi” klubi tomonidan ham kuzatib kelinmoqda.

“The Sun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchining o‘zi ko‘proq o‘yin amaliyotga ega bo‘lish maqsadida “Lester” safida ko‘rinish berishni istamoqda

“Arsenal” Hames uchun da’vogar

Londonning “Arsenal” klubi “Real Madrid” yarim himoyachisi – Hames Rodriges uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Taniqli “Marca” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “qirollik klubi” Hames uchun 50 million yevro talab qiladi.

Hozircha, transferning boshqa tafsilotlari oshkor bo‘lganicha yo‘q. Eslatib o‘tamiz, kolumbiyalik futbolchi so‘nggi paytlarda Zidan tomonidan keraksiz o‘yinchiga aylanib qolgan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:59, 30.03.2020.
O'qildi: 7376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.