Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: «O‘ynayotgan afsona»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «O‘ynayotgan afsona»

Baho:
+ | -

Bugun 30 mart. Serxio Ramos 34ga kirdi. Bu yigit haqida nima yozishniyam bilmaydi odam. U haqda berilgan ta’riflar, u haqda yozilgan esselar shu qadar ko‘pki, qay birini taqdim etishni ham bilmas ekansan shunday paytda. Qisqa qilaman.

Ramos – o‘ynayotgan afsona. Eng yaxshi ta’rif shu. Yana bir ta’rif borki, Serxioning o‘zi bizga aytib beradi:

“O‘n besh yoshimdan beri “Sevilya”daman. To‘rt yil o‘tgach, bor-yo‘g‘i 19 yoshimda meni terma jamoaga chaqirishdi. Mashg‘ulotlaridan biriga borar ekanman, odatiy yumushlarimni qildim: sumkamda ehtiyojimga kerak matohlar, butsa va formam. Chunki terma jamoa mashg‘ulotidan yo o‘yinidan so‘ng uyga qaytasan, bu narsalarni o‘zing bilan olib yurishing kerak.

O‘sha kuni men uyga qaytmadim. Balki Las Rosasda soat 23:30da shartnomaga qo‘l qo‘ydim. Transfer oinasi yopilishiga yarim soat qolgandi. Shartnomaning pastki qismiga qo‘l qo‘yar ekanman, bunga o‘sha payti ishonolmasdim. Ha, ha, o‘sha kuni telefonim smslarga to‘lib ketdi. Hayotim davomida eng ko‘p sms qabul qilgan kunim edi.

Bu imzoning ostida oldinga tashlangan katta qadam va og‘ir mas’uliyat yotardi. Hozir men yana o‘sha g‘o‘r davrimga qaytib qolsam ham, shu ishga takror qo‘l urardim.

Tasavvur qilish qiyin, “Sevilya” o‘yinchisi bo‘lib uyquga yotasan, “Real” o‘yinchisi bo‘lib uyg‘onasan. Dahshatku! Va ertalab bir jamoaga borishingni-da bilasanki, u yerdagi kiyim almashtirish xonasida seni Raul, Bekhem, Zizu, Iker, Roberto Karlos, Ronaldo kabi yulduzlar kutib oladi. Axir, ularning bari mening kumirlarim-ku. 12 soatdan so‘ng ular bilan bir xonadasan. Dahshatku bu! Dunyo ostin-ustun bo‘lib ketgandek tuyulardi menga!”

Zo‘r izohlar, a? Ha, Ramosning gaplarida samimiyat bor. O‘sha g‘o‘rlik davrini samimiy eslay olgan. Lekin bugun u shunday darajaga chiqdiki, Qirollik klubiga keladigan har qanday yosh bolakayning xayolidan endi Serxio nomi birinchi bo‘lib eslanadigan ro‘yxat tuziladi. Bo‘ldi. Ertak shunday bo‘ladi. “Atletiko” darvozasiga so‘nggi soniyalarda urgan goli kabi tugaydi va boshqachasi Ramos kabi afsonaviy yulduzga yarashmaydi ham.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov

Бу — Серхио Рамос!

Kiritildi: 07:10, 30.03.2020.
O'qildi: 5104 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.