Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Najmiddin Normurodovdan achchiq haqiqatlar: "Futbolda tanish-bilishchilik bor va u hozir avjiga chiqqan desam ham adashmagan bo‘laman"

Najmiddin Normurodovdan achchiq haqiqatlar: "Futbolda tanish-bilishchilik bor va u hozir avjiga chiqqan desam ham adashmagan bo‘laman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

"Surxon" matbuot xizmati Najmiddin Normurodov bilan intervyu uyushtirdi. Quyida mazkur suhbatni ehtiboringizga taqdim etamiz.

- Najmiddin Normurodov shu kunlarda nimalar bilan band?

Shu kunlarda hamma qatori karantinda, uyda o‘tiribman. Imkon qadar, qo‘limdan kelgancha uyda jismoniy mashqlarni bajarib borayabman.

- Superliga 1 turida "So‘g‘diyona" darvozasiga super gol kiritdingiz. Bu qanday sodir bo‘ldi? Gol urgach, juda emosiyada bir nechta so‘zlarni ishlatdingiz. O‘shanda nima dedingiz?

Albatta o‘sha vaziyatda hursandchiligimni yashira olmadim. Chunki, bilasizmi bu Superligadagi ilk golim edi. Goldan so‘ng gapirgan gaplarimga keladigan bo‘lsak to‘g‘risi esimda yo‘q nima deganim. Emosiyada odam nimalar demaydi.

- Nega "Surxon" jamoasini tark etdingiz?

Men "Surxon" jamoasini tark etganim yo‘q. Aksincha, "Surxon" jamoasi meni qo‘yib yubordi desak to‘g‘riroq bo‘lardi. Shundan so‘ng, "Mash’al" jamoasi safiga borib qo‘shildim va jamoa bilan 2 yillik shartnoma imzoladim.

- 2017 yili "Surxon" jamoasiga sizni aynan kim taklif qilgan?

2017 yili "Nasaf" jamoasida to‘p surib yurgan paytlarimda "Surxon" jamoasiga meni taniqli murabbiy Vali Keldiyev taklif qilgan. Surxondaryoga futbolni qaytarishimiz kerak, yordaming kerak degani uchun Vali akani taklifiga rozi bo‘lganman.

-Qaysi murabbiyning uslublari sizga ko‘proq yoqadi?

Albatta hamma murabbiylarning ishini hurmat qilgan holda, menga ko‘proq Ro‘ziqul Berdiyev va Asror Aliqulovlarning o‘yin uslublari yoqadi.

- Futbolda tanish-bilishchilik bormi?

Futbolda tanish - bilishchilik bor va u hozir avjiga chiqqan desam adashmagan bo‘laman.

- Futbolchilik faoliyatingizni yakunlagach, murabbiy bo‘lasizmi? Umuman, kelajakdagi rejalaringiz?

Kelajakdagi orzularim judayam ko‘p. Lekin murabbiy bo‘lish niyatim yo‘q. Avvalo barchasi xudodan peshonada yozilgani bo‘ladi. Lekin men kelajakda tadbirkor bo‘lmoqchiman.

- Murabbiylar hech bir sababsiz futbolchini atay zaxirada ushlab turishi mumkinmi? Siz bunga nima deb javob berardingiz?

Shunaqa bo‘lishi ham mumkin. Buning uchun murabbiy bilan tortishib qolgan yoki nimadir bo‘lishi kerak. Lekin o‘sha bolaning o‘zi zo‘r, kuchli yoki boshqalardan bir kalla ustun bo‘lsa uni hoxlagan yomon ko‘radigan murabbiy ham zaxirada ushlamaydi.

- Siz "Nasaf" futbol klubi tarbiyaluvchisi hisoblanasiz. Aytingchi "Nasaf" jamoasiga sizni kim taklif qilgan?

Surxondaryoda futbol maktabi yani internatda o‘qib yurgan paytlarim 2010 yili Boxodir Annamatov meni "Nasaf" futbol akademiyasiga olib borgan.

-"Nasaf" jamoasi o‘yinlarini hozir ham kuzatib borasizmi?

"Nasaf" jamoasi o‘yinlarini albatta qoldirmasdan ko‘rib boraman.

- O‘sha 2017 yili "Nasaf" jamoasidan ketganingizga afsuslanmaysizmi?

"Nasaf"dek jamoadan ketgan har bir o‘yinchi afsuslanadi. Lekin men hozir o‘ylab ko‘rsam ketish jamoadan ketgan bo‘lsamda o‘sishga erishdim desam adashmagan bo‘laman.

- "Nasaf" jamoasi murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bilan munosabatlaringiz qanday?

Ro‘ziqul Berdiyev bilan aloqalarim yomon emas. Lekin qo‘ng‘iroq qilib doimiy aloqada bo‘lib turmaymiz. Albatta ko‘rishib qolgan paytimizda iliq salomlashamiz.

Manba: Сурхон матбуот хизмати
Kiritildi: 12:30, 30.03.2020.
O'qildi: 4961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик