Italiya Futbol Assosiasiyasi prezidenti Damiano Tommazi mamlakatda chempionat muddatdan oldin yakunlanishidan xavotirda. Birinchidan, bu futbolchilarning maoshlariga salbiy ta’sir qilish mumkinmi degan savoldan xavotirda.
"Chempionat muddatdan oldin yakunlanadi degan xavotir bor. Shu sababli, biz nafaqat sport masalalarini hal qilishimizga to‘g‘ri keladi, balki, futbolchilarning shartnomalari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga ham qarshi kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Ish haqlari pasayishiga keladigan bo‘lsak, biz iloji boricha umumiy maslahatga murojaat qilishga harakat qilamiz",- Tommazining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.