Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Xayrulla Hamidov maqolasi: Bayroqdorlar o‘yini

Xayrulla Hamidov maqolasi: Bayroqdorlar o‘yini

Baho:
+ | -

Dunyo ahlini titratgan oyning oxirgi kuni. Eng ko‘p jabr chekayotgan yurt shubhasiz Italiya. Shu bois, Italiya futbolining ajoyib o‘yinlaridan birini eslashga ijozat bergaysiz.

"Yuventus" – "Milan". 2018 yilning 31 mart kuni "Alyans stedium"da o‘tkazilgan bahs Italiya futbolining bayroqdorlari o‘rtasidagi muhim o‘yin edi.

To‘g‘ri, 2018 yilgi "Milan" o‘zgarayotgan, hali qat’iy qay yo‘lga tushib olgani noma’lum, Gattuzoga ishonch bildirilgan, tarkibi yuz foizga o‘zgarib ketgan "Milan" edi. Undan birdaniga olamshumul muvaffaqiyatni, yo inqirozni kutish ham mumkin edi. Afsuski, asr avvalining oldi jamoasi inqiroz yo‘lini tanladi.

Ammo shunday bo‘lsa ham, "Yuventus"ga qarshi har bir o‘yinda "Milan" yuqori darajada o‘ynab beradi. Ko‘p e’tibor berganman. Ehtimol, birgina o‘yinga o‘tmishning nurli onlarini ko‘chirib o‘tishga harakat qilar. Yosh futbolchilar egnidagi libosni kimlar kiyganini eslab qolishar. Yo Gattuzo kabi klub afsonasib bo‘lgan yigitlar tushuntira olishar shu narsani.

Xullas, "Yuventus" shu kuni anchayin qiynalgan. Garchi hisobni Dibala superzarbasi bilan ochgan bo‘lsa-da, "Milan" tezda farqni yo‘qqa chiqargan. Gol muallifi – Bonuchchi. Ha, o‘sha Bonuchchi. "Yuventus"dan ba’zi sabablar tufayli "Milan"ga o‘tgan va sobiq jamoasiga qarshi bahsda o‘zini ko‘rsatgan Leonardo.

O‘yin tugashiga o‘n daqiqa qolgandagina "Yuventus" jismoniy tomondan ustunligini ko‘rsatdi va "Milan" himoyasining zaif tomonlaridan foydalana oldi. 79-daqiqa Xuan Kuadroda hisobni "Yuve" tomonga oshirgan bo‘lsa, Sami Xedira o‘yinga nuqta qo‘ydi. 3:1.

O‘yinga mos natija bo‘lmaganini aytib o‘taylik shu yerda. To‘p nazorati ellikka ellik, xavli zarbalar bo‘yicha "Milan" 10:7ga yenggan. O‘ntadan beshtasi darvoza sohasiga aniq yo‘llangan, "Yuventus"da to‘rttasi. To‘rttadan uchtasi gol. Bu albatta tajriba bilan bog‘liq masala.

"Milan" oxirigacha shunday o‘ynay olmadi va Gattuzoni bo‘shatib yubordi. Xato qildi. Bugungi "Napoli" ijrosidagi o‘yinlarda ko‘ryapmizki, unga ishonaverish kerak ekan.

Shuning uchun esladim. Afsus, bugun shu stadion va diyor futbolni hammadan ko‘proq sog‘inmoqda.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov

Ўқиб чиққан бўлсангиз, мана ўша ўйин

Kiritildi: 07:13, 31.03.2020.
O'qildi: 3848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик