Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

«Yuventus» Ronalduni sotib, o‘rniga ulkan transferni tayyorlamoqda

«Yuventus» Ronalduni sotib, o‘rniga ulkan transferni tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" rahbariyati bugungi kunda transfer bozorida ancha faol bo‘lishni intilmoqda. Jamoa Krishtianu Ronalduni sotib, o‘rniga boshqa futbolchini olib kelish harakatlarini boshlab yuborgan.

Portugaliyalik futbolchi ancha sermahsul o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli jamoa Krishtianuning maoshini to‘lash qobiliyatini yo‘qotmoqda.

"Yuve" koronavirus tufayli jiddiy yo‘qotishga uchradi. Shu bois, jamoa futbolchilarga 4 oy (mart, aprel, may, iyun) davomida maosh to‘lamaslikka qaror qildi. Bu orqali "keksa sinyora" 90 million yevro iqtisod qiladi. Jamoa katta futbolga qaytganidan keyin ham o‘yinchilarga maosh to‘lash borasida muammolarga duch keladi. Chunki klub homiylari ham koronavirus tufayli iqtisodiy jihatdan kuchsizlanadi.

Shu bois, "Yuventus" Ronalduni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. Asosiy muammo — futbolchining maoshi. 30 mln yevro — Italiya uchun juda katta mablag‘. Endi turinliklar bunday maoshni to‘lay olishmaydi.

Xo‘sh, "Yuve" kimni olib kelmoqchi? Jamoa "Inter" bilan Mauro Ikardining transferi borasida muzokara boshlab yubordi. Klub Ronalduni 60 - 70 mln yevroga sotib, taxminan shunday narxga argentinalik o‘yinchini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda Krishtianuga ikkita xaridor mavjud — "MYU" va "PSJ".

Ikardining yillik maoshi 7 - 9 mln yevroni tashkil qilishi mumkin. Shu tariqa, "keksa sinyora" maoshlarning farqi evaziga bir yilda 21-23 million yevroni tejaydi. Samaradorlik jihatdan Ikardi Ronalduning o‘rnini bosa olishiga "Yuventus" ishonmoqda.

Portugaliyalik futbolchining "Yuve" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. Tabiiyki, turinliklar bunday sharoitda u bilan kelishuvni uzaytirmaydi. Buni Ronalduning o‘zi ham tushunib turibdi.

Hozirgi pallada Krishtianu uchun Parij optimal variant bo‘lib ko‘rinmoqda. Neymar "Pari Sen-Jermen"ni tark etadigan bo‘lsa, klub uning o‘rniga Ronalduni olib kelishi mumkin. Mbappe esa katta ehtimol bilan jamoa safida qoladi. Balki, Kilian-Krishtianu juftligi "PSJ"ga Chemiponlar ligasi g‘olibligini taqdim etar? Nima dedingiz?!

Kiritildi: 13:04, 04.04.2020.
O'qildi: 13574 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.