"Paxtakor" hozirga qadar O‘zbekiston chempionatida 1867 marta raqib darvozasiga to‘p kiritgan.
Bu safar yubiley gollari mualliflari kimlar bo‘lganiga e’tiboringizni qaratamiz. Milliy chempionatlardagi ilk golimizni Oleg Sinelobov 1992 yil Kosonsoyda "Kosonsoychi" jamoasi darvozasiga urgan. 100-gol esa Shuhrat Maqsudov hisobiga yozilgan. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, Ulug‘bek Ro‘zimov ikki bor yubiley gollari muallifiga aylangan. Zayniddin Tojiyev va Aleksandr Geynrix ham shunday natijaga erishganlar. Geynrix "Paxtakor"ning 1000-golini urgani e’tiborga molik. 2005 yil Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda u bunga muvaffaq bo‘lgan. O‘tgan mavsumda Marat Bikmayev "Andijon" bilan bahsda 1800-to‘pni kiritgandi. Joriy mavsumda jamoamiz 1900-golni urgan holda O‘zbekiston chempionatlari tarixida 2000-to‘p sari dovonni bosib o‘tishga eng yaqin turibdi.
Quyida yubiley gollar mualliflari bilan tanishing.
1 - Oleg Sinelobov
100 - Shuhrat Maqsudov
200 - Ulug‘bek Ro‘zimov
300 - Ulug‘bek Ro‘zimov
400 - Samad Narziqulov
500 - Igor Shkvirin
600 - Soli Qurbonov
700 - Leonid Koshelev
800 - Server Jeparov
900 - Zayniddin Tojiyev
1000 - Aleksandr Geynrix
1100 - Ixeruome Uche
1200 - Zayniddin Tojiyev
1300 - Aleksandr Geynrix
1400 - Sherzod Karimov
1500 - Oybek Qilichev
1600 - Stanislav Andreev
1700 - Igor Sergeev
1800 - Marat Bikmayev