Mundo Deportivo xabariga ko‘ra "Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo Rikelme "Betis"ning qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Yosh yarim himoyachining madridliklar bilan shartnomasi yakunlanmoqda va Sevilya klubi ushbu vaziyatdan foydalanib, yozda u bilan shartnoma imzolashni istamoqda.
20 yoshli futbolchiga "Real", "Valensiya", "Ayaks" va "Seltik" ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rikelme "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.