Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Sport vazirligidan yana bir yangi aksiya! Bu safar o‘zgacha!

Sport vazirligidan yana bir yangi aksiya! Bu safar o‘zgacha!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi to‘liq onlayn rejimda o‘tkaziladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Musobaqa #UydaQolibOʻyindaBoʻling chellenji ostida tashkil etilib, unda 6 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin .

Musobaqa quyidagi 3 ta yo‘nalishda bo‘ladi:

1. “FIFA20“;

2. “Clash Royale”;

3. “Victory The Age of Racing”

Musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 65 000 000 so‘mni tashkil qiladi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha mukofot jamg‘armasi quyidagicha taqsimlanadi:

“FIFA 20“ – 30 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi);

“Clash Royale” – 20 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi);

“Victory The Age of Racing” – 15 000 000 so‘m (1-5-o‘rinlar taqdirlanadi).

Musobaqada qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati esa 14 aprel, soat 23:00 etib belgilangan.

Musobaqa taqvimi kuyidagicha:

- 15-22 aprel, guruh bosqich o‘yinlari;

- 23-28 aprel, pley-off bosqich o‘yinlari;

- 29 aprel, 3-o‘rin uchun bahslar;

- 30 aprel kuni esa “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasining hal qiluvchi final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa doirasidagi markaziy o‘yinlar Esports Uzbekistan Federasiyasining Youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bilan vazirlikning www.minsport.uz rasmiy sayti va @minsport telegram kanali hamda O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federasiyasining esports_uzbekistan telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Kibersport onlayn musobaqasida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:36, 09.04.2020.
O'qildi: 3003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.