Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Anderson Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi

Anderson Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Andersonning «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga o‘tishi Britaniya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 135 million yevroni tashkil etgan. Shu tariqa, Anderson avvalgi rekord sohibi Jud Bellingemni ortda qoldirdi. Bellingem Dortmundning «Borussiya» klubidan Madridning «Real»iga 130 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Shuningdek, Anderson transferi futbol tarixidagi eng qimmat beshta transfer qatoriga ham kirdi. Bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million yevro evaziga amalga oshgan transferi egallab turibdi.

Elliot Anderson «Nyukasl» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:27, 02.07.2026.
O'qildi: 2501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик