Tuttomercatowebning xabariga ko‘ra, Rim klubi 23 yoshli braziliyalik Luis Felipe bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Luis Felipening amaldagi shartnomasi 2022-yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Avvalroq, Luis Felipe uchun "Barselona" va "Bavariya" jamoalari tomonidan qiziqish bildirilganligi haqida xabarlar bo‘lgan edi.