Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Xayrulla Hamidov maqolasi: Kecha va bugunning zo‘rlari (1-qism)

Xayrulla Hamidov maqolasi: Kecha va bugunning zo‘rlari (1-qism)

Baho:
+ | -

10 aprel ikki iqtidor bilan yodda qolgan. Ikkisi ham o‘z zamonasizning zo‘rlaridan.

Bugungisi Sadio Mane.

Senegalning Sediu shaharchasida 1992 yili masjid imomi oilasida tug‘ilgan. Bambali qishlog‘ida kichik bir uychada Sadio bir xonada to‘qqiz kishi bilan yashagan. Ota-onasi, aka-ukalari, opalari bilan birga. Oila kambag‘al edi. Shuning uchun ota bolalarining o‘qishiga qattiq e’tibor qaratar, o‘qib olim bo‘lishlarini istardi. Qahramonimizning nigohi futbolga tortar, uydagilar bu ishiga qarshi edilar.

Sport bilan uning tengdoshlari 2002 yili jiddiy shug‘ullanishni boshlashdi. Senegal mundialda furor ko‘targan mavsum. Chorak finalgacha yo‘l, esingizdadir?!

Maktabni bitirar ekan, Sadio otasini futbol o‘ynashga ko‘ndirdi. Qizig‘i, uni Dakarga butun qishloq pul yig‘ib jo‘natgan. Haligacha Mane qishlog‘ini har jabhada ta’minlab keladi.

Poytaxtda Jenerasyon Fut klubi akademiyasida nazoratdan o‘tgan. Tuzukroq oyoq kiyimi yo‘q, libosi haminqadar, yirtilgan butsasi va ishtoni bilan o‘zini ko‘rsatishni boshlagan Sadio darhol barchaning e’tiboriga tushdi. Qabul qilindi.

Mane begona bir oilaga qo‘shildi. 2011 yili Fransiyaning "Mes" klubi skautlarining nazariga tushguniga qadar ko‘p mehnat qildi. Ular Afrikada yosh talantlarni ta’minlashar, kambag‘al oilalar bolalariga ko‘mak berishar, shu asnoda iqtidorlarni kashf etishardi. Aytishlaricha, Mane ular ko‘rgan eng qobiliyatli va... eng kambag‘al o‘spirin edi. Vaholanki, 17 yoshga kirgan Sadio bu paytda jamoa to‘purari edi.

Keyingi hayoti boshqa yulduzlarnikiga o‘xshash. Mehnatlari evaziga kattaroq klublarga taklif va APLga tashrifi. "Sautgempton" safida u ajoyib mavsumlarni o‘tkazgan. "Liverpul" bilan o‘zaro o‘yinlarda to‘rtta gol urgani e’tiborga molik. Klopp Sadioni "Redd Bull"dagi o‘yinlaridan kuzatib yurganini tan olgan. "Liverpul" o‘zi senegalliklarni xush ko‘radi. Mane Xadji Diuf va Salif Diaodan keyingi senegallik. "Sautgempton"dan bu klubga o‘tgan beshinchi o‘yinchi – Riki Lambert, Deyan Lovren, Adam Lallana va Nataniel Klayndan keyingi transfer. Tan oling, eng zo‘ri ham u.

O‘tgan yili Afrikaning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ldi. Ba’zi ko‘zga ko‘ringan mutaxassislarning nazdida 2019 yilgi o‘yini bilan "Oltin to‘p" sovrindori bilan yonma-yon turishi kerak edi. Messining ta’rifi ham shunday bo‘lgan.

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov

Мана Мане!

Kiritildi: 07:29, 10.04.2020.
O'qildi: 5718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.