Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Odil Ahmedov yuborgan insonparvarlik yordami Toshkentga yetib keldi

Odil Ahmedov yuborgan insonparvarlik yordami Toshkentga yetib keldi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi huzurida tashkil qilingan Tezkor shtabda yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda zarur bo‘ladigan dori-darmon va tibbiy vositalarni yig‘ish, ularni O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha keng qamrovli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu kabi maqsad-vazifalar xitoylik hamkorlar va ishbilarmon doiralar vakillari faol ko‘magida amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.

Joriy yil 10 aprelda mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi hamda Shanxaydagi Bosh konsulligi tomonidan shakllantirilgan beg‘araz insonparvarlik yordamining to‘rtinchi jo‘natmasi, shuningdek, respublikamiz Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xarid qilingan tibbiy uskunalar O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Toshkentga yetkazildi.

Xitoydan olib kelingan yuk tarkibiga funksional tibbiy krovatlar, o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari, polimeraza zanjirli reaksiyasi qurilmalari, bolalar va kattalar uchun niqoblar bilan ta’minlangan ambuqoplar, raqamli rentgen diagnostika tizimlari, exokardiografiya va tomir doplerlari uchun kardiologiya sensori bo‘lgan ultratovush apparatlari hamda chaqaloqlar uchun o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalari kiritilgan. Shuningdek, ular orasida bilirubinni teri orqali aniqlashga mo‘ljallangan jihozlar, jarrohlik amaliyoti uchun mo‘ljallangan lampalar, havo qabul qilish shkaflari, jarrohlik amaliyoti stollari, gidravlika bilan boshqariladigan stollar, «ANDiS 350» tahlil uskunalari va boshqa tibbiy vositalar ham bor.

Insonparvarlik yordami O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Xitoy tadbirkorlari uyushmasi, shuningdek, bir qator kompaniya va tashkilotlar tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekistonlik tadbirkor Gulbahor Tojimirzayeva hamda futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovning tibbiy buyumlar ko‘rinishidagi xayriya yuklari ham ushbu samolyotda mamlakatimizga olib kelindi.

Xitoylik hamkorlarning shunday sinovli kunlarda O‘zbekistonga yordam berayotgani O‘zbekiston va Xitoyning nafaqat yaqin va ishonchli sherik, balki sodiq do‘st ekanini namoyish qilmoqda.

O‘zbekiston elchixonasiga Xitoyning turli hududlaridan koronavirusni yengishda zarur dori-darmon, tibbiy vosita va uskunalarning kelishi davom etmoqda.

Manba: pv.uz
Kiritildi: 17:08, 10.04.2020.
O'qildi: 5965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.