Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Yuventus” Pogbasiz ham ishni bitirishi mumkin

 

Turinning “Yuventus” jamoasi yozda Pol Pogbani qo‘lga kiritsa olmasa, uning alternativ variyanti uchun ishga kirishadi.

“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Turin klubi Sergey Milenkovich-Savichning transferini amalga oshirishi mumkin.

Manbada yozilishicha, agar yozda Pogba uchun “qizil iblislar” 100 million yevro so‘rasa, jamoa Savichning transferiga qo‘l uradi.

Eslatib o‘tamiz, “Latsio” 25 yoshli futbolchini 60-65 million yevro atrofida baholamoqda.

“Atletiko” futbolchisi “A seriya”da?!

 

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Tomas Parti yozda Italiya klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Italiyaning “Roma” va “Inter” jamoalari Parti uchun kurashga qo‘shilgan.

Avvalroq 26 yoshli futbolchining hizmatlari bilan “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Atletiko” o‘z futbolchisini 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi.

“Lill” futbolchisi “Chelsi” nishonida

 

Britaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, Londonning “Chelsi” klubi “Lill” klubining yosh iqtidorli futbolchisi Gabrielning transferiga qo‘l urish arafasida turibdi.

Frenk Lempard himoya markazini chapaqay himoyachi bilan to‘ldirishni istamoqda. Manbalarning ma’lum qilishicha, “Chelsi” 22 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokarlarni boshlagan.

“Lill” o‘z futbolchisi uchun 40 million yevo talab qilmoqda. Gabriel uchun “Yuventus” va “Arsenal” klublari ham da’vogar bo‘lgani bois “Chelsi” 40 milliondan kamiga “Lill”ni ko‘ndira olmasligi aniq.

Mertens uchun kurash avjida

 

Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Dris Mertens uchun kurash tobora avjiga chiqmoda.

Italiya nashrlarining xabar berishicha, Mertensni endilikda Londonning “Arsenal” jamoasi ham o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Belgiyalik futbolchining “Napoli” bilan shartnomasi yozda o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli “Inter”, “Atletiko” “Valensiya” singari jamoalar uni tekinga qo‘lga kiritish uchun kurash olib borishmoqda.

“Real” o‘z futbolchisidan qutulmoqchi

 

Yaqinlashib kelayotgan yozda “Real Madrid” mavsum boshida “Portu”dan sotib olingan Eder Militaoni transferga qo‘yadi.

Marca nashri bergan xabarlarga qaraganda, qirollik klubi futbolchi bilan “Arsenal”, PSJ, “Tottenhem” va “Inter” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Ayni damda, transfermarket portali braziliyalik futbolchini 32 million yevrorga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:48, 12.04.2020.
O'qildi: 8061 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.