Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Mertens qayerga yo‘l oladi?

 

Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Dris Mertens yozda APLga yo‘l olishga yaqin turibdi.

“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, yozda erkin agentga aylanuvchi futbolchi bilan “Chelsi” jamoasi muzokaralar o‘tkazmoqda.

Manba bergan xabarlarga qaraganda Mertens “Napoli” bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan va klubga bo‘lgan hurmat yuzasidan “A Seriya” klublarida faoliyatini davom ettirmaydigan bo‘ldi.

“Milan” va “Siti” kurashi

 

Angliyaning “Fulhem” jamoasi hujumchisi Abubakar Kamara “Milan” klubi nishonida ekanligi haqida avvalroq xabar bergan edik.

“Daily Exspress” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Manchester Siti” Kamara uchun kurashga qo‘shilgan bo‘lib, jamoa yozda uni qo‘lga kiritish uchun 35 million yevrodan voz kechsiga tayyor.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, “shaxarliklar” “Yuventus”ga o‘tib ketishi mumkin bo‘lganda Jezuzni o‘rnini aynan Kamara bilan to‘ldirmoqchi.

Hames qayerga yo‘l oladi?

 

“Real Madrid” futbolchisi Hames Rodriges kelajagi borasida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, futbolchi yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois yozda “qirollik klubi”nit ark etishga qaror qildi.

Nikola Skirining ma’lum qilishicha, futbolchi katta ehtimol bilan yozda “Everton” futbolchisiga aylanadi.

Avvalroq “Real Madrid” yozda Hames va Beylni transferga qo‘yishi borasida xabar berib o‘tgan edik.

“Atalanta” o‘z futbolchisini narxini e’lon qildi

 

Italiyaning “Atalanta” jamoasi Yosip Ilichichni transferga qo‘yishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qildi.

“LeGazzetaDellaSport” nashri ma’lum qilishicha, Bergamo klubi hujumchisi uchun 35 million yevro talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilichich bilan “Napoli” va APLning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:58, 13.04.2020.
O'qildi: 7558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.