Turinning «Yuventus» klubi sobiq bosh murabbiyi Marchello Lippining fikricha, Paulo Dibala o‘z yo‘lidan borishi kerak, lekin hali u Alessandro Del Pyeroning saviyasigacha borib ulgurmagan.
«Paulo – ajoyib futbolchi, biroq, Del Pyeroning darajasidan ancha past. Ishoning, meros yoki taqlid haqida gapirish hech qanday yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Dibala o‘zining yo‘lidan borishi kerak», — dedi Lippi.