Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘FA huzuridagi hududiy futbol assosiasiyalari masofadan turib ish jarayonini davom ettirmoqda

O‘FA huzuridagi hududiy futbol assosiasiyalari masofadan turib ish jarayonini davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni vaqtda yurtimizda karantin qoidalari amal qilayotgani sababli O‘zbekiston futbol assosiasiyasining barcha bo‘linmalari o‘z faoliyatini masofadan turib davom ettirmoqda. Xususan, hududiy futbol assosiasiyalari vakillari ham masofadan turib ish olib borishmoqda.

Bugun O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov barcha hududiy futbol assosiasiyalari rahbarlari bilan navbatdagi videomuloqot o‘tkazdi. Unda o‘tgan galgi muloqot davomida belgilangan vazifa hamda topshiriqlar ijrosi muhokama etildi. Qolaversa, mutaxassislar yana qator mavzularda o‘zaro fikr almashishdi.

Jumladan, har bir viloyat futbol assosiasiyasining moliyaviy holatiga doim jiddiy e’tibor qaratish, bu borada muntazam ravishda tizimli ish olib borish, zarur holatlarda qo‘shimcha hamkor va homiylar jalb etgan holda musobaqalar tashkil etish muhim ekani qayd etildi.

Shuningdek, assosiasiyalarda va umuman futbol sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarning malaka hamda tajribasini muntazam ravishda oshirib borish, chin ma’nodagi futbol mutaxassislariga ega bo‘lish mavzusiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bilasiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi tashkil etilmoqda.

Mazkur markaz zamonaviy ilmiy yutuqlar va innovasion texnologiyalardan foydalangan holda jami 7 ta yo‘nalish bo‘yicha – trener, seleksioner (skaut), tahlilchi, hakam, marketolog, psixolog va futbol menejeri kabi yuqori malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Yurtimizda ilk bora tashkil etilayotgan bunday futbol ta’lim muassasasi xorijiy va mahalliy tajribali mutaxassislar o‘zbek futbolining turli sohalarida faoliyat yuritadigan yetuk kadrlarni tayyorlaydi. Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida tahsil olish uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yurtimizning har bir hududidan nomzodlar ro‘yxati shakllantiriladi. Bu borada viloyat futbol assosiasiyalariga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, videomuloqot davomida hududlardagi futbol mahorati maktablariga direktor hamda sport direktori lavozimlari uchun taqdim etilgan nomzodlar ro‘yxatlari muhokama qilindi. Endilikda ularning orasidan eng munosiblarini saralab olish bo‘yicha ish olib boriladi. Jumladan, nomzodlar O‘FA maxsus komissiyasi orqali videosuhbatdan o‘tkaziladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:54, 16.04.2020.
O'qildi: 2174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.