Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Italiya A seriyasining eng kuchli 10-raqam egasi kim?

Italiya A seriyasining eng kuchli 10-raqam egasi kim?

Baho:
+ | -

Stadion.uz yaqindagina Italiyada o‘tkazilgan A seriyada 10-raqamda to‘p tepganlar orasida eng kuchli futbolchi so‘rovnomasi g‘oliblari bilan tanishtirib o‘tadi.

Rui Koshta — 0,7%

Bugungi ro‘yxatimizni portugaliyalik futbolchi Rui Koshta ochib beradi. O‘zining gullagan davrlarini “Fiorentina”da o‘tkazgan yulduz to‘liq imkoniyatlarini namoyish eta olmay turib butsalarini mixga ilib yubordi.

Ko‘plab mutaxassislarning fikricha, Koshta jamoa tanlashda adashgani bois, e’tibor markazida bo‘lishni uddalay olmagan ekan. Shunga qaramay, tifozilar kuchli 10 ta futbolchi orasida uni ham ko‘rishni istaganing o‘zi ham katta baxt.

Jani Rivera — 0,9%

Italiya futboli tarixidagi barcha futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoadan o‘rin olgan “Milan” afsonasi futbolni tark etganiga deyarli yarim asrdan oshganiga qaramay, uni muxlislar hali-hamon eslab kelishmoqda.

Rud Gullit — 1,5%

Bundan 30 yil ilgari u ro‘yxatning favoriti bo‘lishi mumkin edi, biroq undan keyingi avlod gollandiyalik futbolchini quvib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, Gullitning muxlislari hozirgacha oramizda yetarlicha topiladi.

Klarens Zeedorf — 1,8%

“Qora pantera” laqabi bilan mashhur bo‘lgan yana bir gollandiyalik futbolchi ro‘yxatdan o‘rin olmoqda. “Milan”ning gegemoniyalik davrlarining so‘nggi yillarida jamoa sharafini himoya qilgan futbolchi mediashaxs bo‘lmagani bois, ro‘yxatimizning pastrog‘idan o‘rin olmoqda. Aslida, Klarens 10-raqamda eng ko‘p ter to‘kkan futbolchilar ichida tengsiz.

Mishel Platini — 4,3%

Platini o‘z davrining qiroli va tengsiz futbolchi sifatida tarixda abadiy qolishi kerak edi, biroq uning UEFAdagi ishlari sababli yangi avlod muxlislari ko‘z o‘ngida o‘z imidjini keskin tushirib yubordi. Shunga qaramay, uning “Yuventus” safida ko‘rsatgan “shou”lari tahsinga va A seriyada to‘p surgan eng yaxshi 10-raqamlarning oltinchisi bo‘lishga loyiq.

Zayniddin Zidan — 10,2%

Zidan Italiyada faqat Karlo Anchelotti qo‘l ostidagina 10-raqamda harakat qilgani bois, past ko‘rsatgich qayd etgan bo‘lsa kerak. Qisqa muddat “Yuve” sharafini himoya qilganiga qaramay, uni Turinda hali ham “o‘zimizniki” deb atashadi. Bu tabi nozik ta’b tifozilar tomonidan berilgan eng yuksak maqtov!

Diyego Maradona — 11%

Ochig‘i,Stadion.uz italiyalik ishqibozlardan Maradonani 4-o‘rinda qoldirishlarini kutmagan edi. Shunchaki izohsiz qoldiramiz…

Totti — 17,2%

Totti 10-raqamdagi futbolchilarning evalyusiyasini amalga oshirgan birinchi futbolchilardan biri sanaladi. Aynan u shu raqam ostida ham markazga yaqinroq to‘p surib turib hujumga qo‘shilish mumkinligini isbotlagan. Agarda u 15 yil keyinroq tug‘ilganida, bugungi kunda Messi bilan raqobat qilishga qodir futbolchiga aylangan bo‘larmidi?! Yana kim biladi deysiz?!

Roberto Badjo — 17,5 %

Afsonaviy Badjo agar JCHdagi noaniq penalti bo‘lmaganida, nafaqat bugungi,balki butun Italiya tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini ham boshqarib turgan bo‘lar edi. Afsuski, bu taqdir. Afsuski, turli jarohatlar futbolchini o‘z imkoniyatini boricha ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymadi. Shunday bo‘lsada, Badjo baribir Badjo bo‘lib qolaveradi!

Alessandro Del Pero — 34.9%

Del Pero italiyalik muxlislar tomonidan A seriyada to‘p surgan barcha zamonlardagi eng yaxshi 10-raqam deb topilganidan biroz hayron qolgan bo‘lsangiz kerak. Shunga qaramay, Aleksni Italiyada juda yaxshi ko‘rishadi. Uning quvnoq tabiati, kulib turishi va “Yuventus”ga sodiqligi ham katta rol o‘ynagan ko‘rinadi. Balki, Del Pero bugungi ro‘yxatdagi barchadan kuchli bo‘lmasligi mumkin, biroq u italiyalik muxlislar nazdida A seriyaning eng yaxshi 10-raqamdagi futbolchisi deb e’tirof etildi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:04, 17.04.2020.
O'qildi: 4817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.