Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Venger—Fergyuson, Zidan—Materassi. Futbol olamida XXI asrning eng esda qolarli janjallari reytingi tuzildi

Venger—Fergyuson, Zidan—Materassi. Futbol olamida XXI asrning eng esda qolarli janjallari reytingi tuzildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FourFourTwo portali futbol olamida XXI asrning eng yorqin 50 ta tortishuvi ro‘yxatini e’lon qildi.

Unda «Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger va «Manchester Yunayted» sobiq ustozi Aleks Fergyuson o‘rtasidagi kelishmovchilik birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Ikki afsonaviy mutaxassisning o‘tgan o‘n yillik boshidagi keskin munosabati Zayniddin Zidan va Marko Materassining JCH-2006 finalidagi janjalidan o‘zib ketdi.

Vanda Nara sabab kelishmovchilikka uchragan argentinaliklar Mauro Ikardi va Maksi Lopes janjali kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

Arsen Venger va Aleks Fergyuson
Zayniddin Zidan va Marko Materassi
Mauro Ikardi va Maksi Lopes
Roy Kin va Mik Makkarti
Nikolya Anelka va Raymon Domenek
Lotar Matteus va Shtefan Effenberg
Roy Kin va Patrik Viyeyra
«Nyukasl» muxlislari va Mayk Eshli
Arsen Venger va Joze Mourinyo
Karim Benzema va Didye Desham

Luis Suares — Patris Evra, Zlatan Ibrahimovich — Xosep Gvardiola, Joze Mourinyo — Iker Kasilyas, Oliver Kan — Yens Lemann, Jon Terri — Ueyn Brij, Serxio Ramos — Xerard Pike, Zlatan Ibragimovich — Rafael van der Vart, Garet Beyl — «Real», Neymar — Edinson Kavani, Pol Pogba — Joze Mourinyo va «Manchester Siti» — UEFA qarama-qarshiliklari kuchli o‘nlikka kira olmadi. To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishing.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:44, 17.04.2020.
O'qildi: 4600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.