Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yoshi 52ga to‘lgan bo‘lsada, haligacha galstuk bog‘lashni bilmasligini, kelayotgan haftada shu mashq bilan band bo‘lishini aytib o‘tdi.
«Keyingi haftadagi vazifa — galstuk bog‘lashni o‘rganish. Yoshim 52da, men bo‘lsa galstuk bog‘lashni bilmayman. Ehtimol, bu bir hafta vaqt talab etar, chunki, mening qo‘llarim befoyda, shu sababli, bu mashq qiziqarli bo‘ladi», — dedi Klopp klub matbuot xizmati bilan suhbatda.