"Milan" klubi mashg‘ulotlarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Italiyaning "Milan" klubi matbuot xizmatining yozishiga qaraganda, klub rahbariyati barcha legioner futbolchilarni 23 aprelga qadar klub ixtiyoriga yetib kelishlariga ko‘rsatma berdi. Jamoa 4 may kuni mashg‘ulotlarni boshlashi kutilmoqda.
Gap Zlatan Ibragimovich, Rafaeyel Leau, Xakan Chalxanoglu, Simon Kyer, Asmir Begovich, Lukas Paket, Ant Rebich va Frank Kessilar haqida ketmoqda.