Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«O‘lmas iqtiboslar»: Vinni Jons

«O‘lmas iqtiboslar»: Vinni Jons

Baho:
+ | -

E’tiboringizga "O‘LMAS IQTIBOSLAR" loyihasining navbatdagi sonini taqdim etamiz. Bu safar 1965 yilda tug‘ilgan, 1984-1999 yillarda Angliyaning bir qator (jumladan, “Lids”, “Chelsi”) klublarida va Uels terma jamoasida o‘ynagan. Faoliyatini tugatib, aktyorlikka o‘tgan va bir qator mashhur filmlarda suratga tushgan. Maydonda o‘zining jangovor xarakteri va o‘ta qo‘pol o‘yini bilan nom qozongan Vinni Jons iqtiboslari bilan tanishamiz.

- Birinchi bo‘lib kimni urganman, bilasizmi? Tug‘ilayotgan vaqtimda onamga doyalik qilgan xamshirani urganman.

- Agar Krishtianu bizning vaqtimizda uynaganida, unga hali o‘n yard uzoqdaligimdayoq og‘riqdan baqirib yotgan bo‘lardi.

- Bir kuni hakam menga qizil kartochka ko‘rsatdi. Men esa, tursigimni yechdim va... ko‘rsatdim. Xo‘sh, kim zo‘r?

- Xudo futbolchilarning oyog‘ini nega yaratgan, bilasizmi? Men tepishim uchun.

- Men kitob o‘qishni yoqtiraman. Ayniqsa, buyuk insonlarning biografiyasini qiziqish bilan o‘qiyman. Hozir, o‘zimning biografiyamni o‘qiyapman. Ajoyib kitob ekan.

- Men zinhor zo‘ravonlikni targ‘ib qilmayman. Shunchaki, ba’zilarning o‘zi shunday qilishadiki, menda boshqa yo‘l qolmaydi.

- Men hech qachon futbol simulyatorlarini o‘ynamayman. Bu menga juda qimmatga tushadi. Joystik faqat bir taymga yetadi, televizor esa bir yarim taymda rasvo bo‘ladi.

- Eng tez chetlatish? Menimcha, pastki oltinchi tishim milki pilla bulganda, jag‘im shishib ketganda, tish uzdirganim bulsa kerak. Darvoke, bu kareramdagi men rozi bulgan yagona chetlatish buladi.

- O‘yin paytida birovning oyog‘ini to‘p bilan adashtirib yuborish juda oson. Ayniqsa, o‘sha oyoq egasining basharasi menga yoqmay turgan bo‘lsa...

- Shu o‘yin paytida doktorlar yugurib maydonga chiqib kelishadi-ku, shuning o‘rniga ikkita chiroyli qizlar chiqsa bo‘lmaydimi? Ishoning, bu ko‘proq muzlatgan bo‘lardi.

 - Xa, men nomuvofik xududda ulgayganman. Birok, xamma men usgan xududdagi va aynan men tup tepgan futbol maydonini nomuvofik deb bilardi.

- O‘yindan oldingi ko‘rsatmalar chog‘ida murabbiy hech qachon menga taktika yoki sxemalarni tushuntirmasdi. U shunchaki, raqib ftubolchisining familiyasini aytib qo‘yardi. 

- Aytishadi-ku, agar birov sening chap yuzinga ursa, sen uning o‘ng yuzini majag‘lab tashla. IYE, bunaqa deyishmasmidi?

- Men bir paytlar qalbimni iblisga sotgandim. Afsuski, shayton o‘shanda “Lids”da menejer bo‘lib ishlardi.

- Men istardimki, haqiqiy erkaklar nihoyat yotgan joylaridan turib, futbol maydoniga qaytishsa. Bu o‘yinni haqiqiy erkaklar jangiga aylantirish payti keldi. Aks holda futbolning erkakligi qochib ketib, ayolga aylanadi.

- Mening do‘stim va jamoadoshim, kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan Jon Fashanga banan otishganda, men u bananlarni muxlislarga qaytarib otardim. Bu bilan men, agar Fashanni xafa qilishni istashsa, avval menga ro‘para bo‘lishlari kerakligini uqtirardim.

- Yangi “Bentli” sotvolib, oddiy nomerlarda yurish – bu noto‘g‘ri. Oxirigacha borish kerak-da. Yaxshi mashinaga yaxshi nomer kerak, sening o‘ziga xosligingni bildirib turishi kerak. Misol uchun, mening mashinamning raqami 100 VJ, o‘g‘limning aytishicha – 100 foiz Vinni Jons degani. Rafiqamniki – 99 VJ.

- Futbol asossiasiyasi mendan minnatdor bo‘lishi kerak: tribunalardagi zo‘ravonlikni maydonga ko‘chirdim.

- Inson doim o‘z o‘tmishini yetaklab xayot kechirishga mahkum. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:48, 19.04.2020.
O'qildi: 4925 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.