"Kazanka" klubi himoyachisi Innokentiy Samoxvalov ko‘chada yugurayotganida vafot etdi, deya xabar tarqatdi "Lokomotiv" rasmiy sayti.
"Kesha mehribon va rahmdil inson, yaxshi do‘st edi. Yuz bergan voqeadan «Lokomotiv» larzaga keldi. Bu bizning oilamiz uchun ulkan qayg‘u. Innokentiyning yaqinlariga ta’ziya bildiramiz", - deyiladi klub tarqatgan xabarda.
22 yoshli Samoxvalov "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U yoshlar jamoasi safida Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Uning bir nafar qizi bor edi.