Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Klass Shormann: “Olimpiada mash’alasi bizni kutib turibdi”

Klass Shormann: “Olimpiada mash’alasi bizni kutib turibdi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Zamonaviy beshkurash xalqaro ittifoqi (UIPM) prezidenti Klass Shormann tashkilot yangi musobaqalar taqvimini tuzish ustida ish olib borayotganligi haqida bayonot berdi va milliy federasiyalarga bu haqida ma’lum qildi.

Sportning boshqa turlari kabi zamonaviy beshkurash ham koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rdi. Yuqumli kasallik tarqalishi munosababti bilan chegaralash choralari ko‘rilgani uchun UIPMning Jahon kubogi va Jahon birinchiligi belgilangan muddatlarda o‘tkazilmadi.

– Biz zamonaviy beshkurash xalqaro ittifoqi (UIPM) Ijroiya qo‘mitasi doirasida 2020 yilning keyingi oylari va 2021 yilda o‘tkaziladigan musobaqlar muddatlariga aniqlik kiritmoqdamiz, – dedi Klaus Shorman. – Tokio Olimpiadasi sikli to‘rt yildan besh yilga uzaytirilganligi sizni qiyin ahvolga solib qo‘yganligini bilaman. Endi “Tokio-2020” Olimpiadasi 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ammo butun sport olami huddi shunday vaziyatga tushganligini yoddan chiqarmang.

– Bu sizlar uchun Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish yana 12 oyga cho‘zilganligini anglatadi, – deya alohida ta’kidladi Klaus Shormann. – Ushbu holat hozirgi kunda sizning zamonaviy beshkurash bilan zarur darajada shug‘ullana olmasligingizni ham anglatadi. Ammo hozirgi qora tuynuk oxirida nur ko‘rinmoqda. Olimpiada mash’alasi hali ham Tokioda porlab turibdi va bizni kutmoqda.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:01, 22.04.2020.
O'qildi: 2347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.