Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos PSJ hujumchisi Neymar haqida gapirdi.
"Neymar yaxshi, u har doim yaxshi bo‘lgan. Menimcha, u Parijda baxtli. Ishonchim komil, keyingi jahon chempionati uniki bo‘ladi. U eng yaxshilar maqomida paydo bo‘ladi va keyin eng yaxshisi bo‘ladi.
Neymar – daho. Ammo, uni nazorat qilish va yo‘naltirish kerak. Yaxshiyamki, bunday odamlar bor. Neymardan havotrda emasman”, -deydi Karlos.