Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Merix Demiral borasida muzokaralar ham o‘tkazmoqchi emas.
Turinliklar yosh himoyachini kelajakda jamoa yetakchilari safida ko‘rmoqda. “Keksa sinyoralar” yozgi transfer vaqtida aniq Merixni sotmaydi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, agar jamoani qaysidir himoyachi tark etishi kerak bo‘lsa, bu De Ligt bo‘ladi Demiral emas.
Eslatib o‘tamiz, turkiyalik himoyachi “Roma”ga qarshi o‘yinda og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.